Qoraqalpogʻiston , Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi respublika. 1924 yil 14 okt.da Turkiston ASSR tarkibida Muxtor viloyat sifatida tashkil etilgan. Maydoni 166,6 ming km². Aholisi 1569,4 ming kishi (2005). Poytaxti — Nukus shahri tarkibida 14 tuman, 12 shahar, 14 shaharcha va 124 fuqarolar yigʻini bor.