Qomatni qumsoat shakliga o‘xshatish juda qiyin. Lekin mashqlarga va ovqatlanishga alohida e’tibor qaratilsa, barcha qiyinchiliklarni yengish mumkin!
Bel aylanasi qanday bo‘lishi kerak?
Eng asosiysi bel, tos va ko‘krak bir-biriga mutanosib ko‘rinishi lozim. Bo‘yingiz uzunligidan 100 ni ayirib tashlang, qolgani sizga bel uchun o‘rtacha o‘lcham hisoblanadi. Ya’ni, agar bo‘yingiz 165 santimetrni tashkil qilsa, siz uchun 65 santimetr uzunlikdagi bel aylanasi optimal hisoblanadi.
Bel aylanasi uzunligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri organizmdagi ayollar gormonlari miqdoriga bog‘liq. Ular qomatning go‘zalligi va xushbichimligiga javob beradi. Xipcha bel uchun kurashishni boshlashdan oldin mutaxassisga uchrashish xalal bermaydi.
Ingichka bel uchun mashqlar
Belni xipcha qilish uchun o‘nlab mashqlar mavjud, mashq dasturini aniqlab olish uchun ularni o‘zingizda sinab ko‘ring.
Ayniqsa, massajli pufaklari bo‘lgan xulaxup (obruch) belni xushbichim qilishda eng oddiyva samarali asbob hisoblanadi. Obruchni har kuni va kamida yarim soat aylantirishni tavsiya qilamiz.
Yonboshga yotib oyoqlarni ko‘tarish. Mashqlarni o‘zingizga qulay bo‘lgan har qandayjoyda bajarishingiz mumkin, bu mashqlar qisqa vaqt ichida belni ingichka qilishda yordam beradi. Har bir tomon uchun 10—15 martadan takrorlash lozim bo‘ladi.
Yurish. Uning foydasiga shubha yo‘q. Belni chiroyli qilish uchun ko‘p va mamnuniyat bilan yurish kerak. Jadalroq sur’at o‘rnating, shundagina siz sanoqli kunlar ichida qorin va biqindagi yog‘larni ketkazishingiz mumkin! Yarim soat yoki undan ham ko‘proq vaqt davomida yurishni — bir haftada 3—5 martagacha tajribada sinab ko‘rishingiz kerak.
Bel sohasi ozishi uchun nimalar yeyish kerak?
Birinchi mahsulot: qaynatilgan, dimlangan yoki duxovkada pishirilgan go‘sht. Bunday ovqat tez va uzoq vaqtgacha to‘q tutadi, organizmni kerakli miqdorda oqsillar bilan ta’minlaydi.
Ikkinchi mahsulot: zaytun yog‘i. Zaytun yog‘i salomatlikni saqlash va umrni uzaytirish uchun zarur bo‘lgan ko‘plab xususiyatlarga ega. Bundan tashqari u organizmdagi xolesterin miqdorini boshqaradi va yog‘ to‘qimalarining bel sohasida to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Uchinchi mahsulot: sitruslilar. Mandarin, apelsin, limon, greypfrutlar… Hamma sitruslilar qorin mushagini mustahkamlash xususiyatiga egadir. Ularni bir haftada 2—3 marta me’yorida iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
To‘rtinchi mahsulot: bug‘doyning qattiq navlaridan qilingan non mahsulotlari yoki lapsha. Ular organizmni kletchatka va turli xil vitaminlar bilan ta’minlaydi.
Manba: “Zdorovie.com”
Manba: Daryo.uz
|