Nihoyatda mayin bo’lmish tovuq go’shtidan qilinadigan mana bunday kotletlar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq!
Tayyorlash uchun oddiy masalliqlar kerak bo’lib, pishirish jarayoni ham ko’p vaqtni olmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 26 000 so’m sarf qilinadi.*
Masalliqlar
75 gramm toster yoki baton noni
150 millilitr 15-20 % li qaymoq
75 gramm sariyog'
500 gramm tovuq go'shtidan qilingan qiyma
ta'bga qarab tuz va murch
belab olish uchun maydalangan suxari
qovurish uchun o'simlik yog'i
1-O'rinda
Nonning mag'zini bo'laklarga bo'lib olamiz. Ustidan qaymoqni quyib, ivitib qo'yamiz.
2-O'rinda
Sariyog'ni eritamiz va sovutamiz.
3-O'rinda
Tog'orachaga qiyma va batonni solamiz, ustidan eritilgan sariyog'ni quyamiz. Tuz va murch sepib, qo'lda yaxshilab aralashtirib olamiz.
4-O'rinda
Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
5-O'rinda
Qiymadan bir xil kattalikdagi kotletlar yasab chiqamiz. Ularni maydalangan suxariga belab, un sepilgan taxtakach ustiga terib chiqamiz.
Buni o'qing: mazali taomlar retsepti
6-O'rinda
Tovaga o'simlik yog'ini quyib qizdiramiz. So'ng kotletlarni solib, har bir tomonini 5-6 daqiqadan qovurib olamiz. Qovurish jarayonida tovani qopqog'ini yopishni unutmaymiz.
Yoqimli ishtaha!
|