Siyrak sochlarni qalinlashtirish mumkinmi? Soch nega to`kiladi? Bu kabi savollarga dermatolog–trixolog, transplantolog Shorahmat Sharahmedov javob berib, soch to`kilishi sabablari, alomatlari hamda zamonaviy davo choralari bilan tanishtirdi.
Ma`lumki, soch bosh terisini tashqi ta`sirlardan himoyalash vazifasini bajaradi. Yog` va ter bezlaridan tashkil topgan soch tizimi terini yumshatib turadi.
Asosiy sabablar
— Nega soch to`kiladi?
— Eng birinchi sabab – bu evolyusiya, ya`ni hayot tarzining jadal o`zgarishi, rivojlanishi. Bundan tashqari, ekologiya, tashqi ta`sirlar ham soch tuzilishiga nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.
— Qachon soch to`kilishi me`yor sanaladi?
— Soch to`kilishining fiziologik va patologik shakllari bor. Fiziologik, ya`ni tabiiy soch to`kilishi, asosan, kuz va bahorda, homiladorlik hamda emizikli davrda ro`y beradi. Homiladorlikda ayol organizmi estrogen gormonini odatdagidan ko`proq ishlab chiqarishi hisobiga sochlar qalinlashib, to`kilishi sezilarli kamayadi. Tug`uruqdan so`ng gormonlar joy – joyiga qaytgach, soch ko`p to`kilayotganga o`xshaydi. Vaholanki, bu me`yoriy holat.
— Qanday tekshiruvlar o`tkaziladi?
— Dastlab, trixoskopiya tekshiruvi yordamida sochning ingichka – qalinligiga baho beriladi. Patologik jarayon boshlangan bo`lsa, boshning old qismidagi soch tolalalari ensadagilariga nisbatan ingichkalashgani aniqlanadi. Me`yor bo`yicha peshonadan boshlab, boshning o`rtasigacha bo`lgan soch tolalari qalin va ko`p bo`lishi kerak. Maxsus qurilma kompyuter ekraniga sog`lom va shikastlangan soch tolalari haqida to`liq ma`lumot uzatadi. Tasvirni solishtirish orqali soch tolasi tuzilishi, soch to`kilishi darajasi va bosh terisi holatiga baho berish mumkin.
— Muolaja usullari ishonchlimi?
— Ayollarda soch to`kilishining uch darajasi bor. Birinchi va ikkinchi darajali soch to`kilishida davo choralari yaxshi samara beradi. Uchinchi darajali soch to`kilishi besh yil davom etgan bo`lsa, uning ildizini qutqarish qiyin.
— Uy sharoitida parvarishlash-chi, yordam beradimi?
— Faqat tabiiy soch to`kilishidagina uy sharoitida tayyorlanadigan niqob va surtmalardan foydalanish mumkin. Patologik soch to`kilishi aniqlanganda bunday usullar ish bermaydi. Barcha ayollarga maslahatim – bir yilda bir marta trixolog mutaxassis ko`rigidan o`tib turing.
Endokrin xastaliklar, gormonal o`zgarishlar, bo`qoq kasalligida soch to`kilishi kuzatiladi. Hozir androgen alopesiya nafaqat erkaklar, balki ayollarda ham uchramoqda.
Keyingi omil – bu psixo–emosional zo`riqish. Surunkali charchoq, asabiylik, stress, depressiya, to`yib uxlamaslik, noto`g`ri ovqatlanish va me`yoridan ko`p aqliy mehnat bilan shug`ullanish ta`sirida soch to`kiladi.
Ko`p so`ralgan savol
Ko`p sayohat qiluvchi kishilarda ham soch to`kilishi kuzatiladi. Biz buni tabiiy jarayon deya baholaymiz. Nega deganda, kun bilan tunning almashinuvi soch siklida vaqtinchalik o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.
va ba'zi paytlarda yaxshi musiqa eshtish ham inson miya faoliyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi, eng yangi yoqimli musiqalar esa ziyo-music.com saytida mavjud
Ko`rik va tashxis
Me`yoriy soch to`kilishi – bu o`z vazifasini bajarib bo`lgan soch tolasining ildizidan ajralib, o`rniga yangisi o`sib chiqishidir. Ya`ni sikl almashinuvi hodisasi. Deylik, soch to`kilishi biror patologiya fonida kelib chiqdi. Bunda 100 ta to`kilgan soch tolasi o`rniga 90 tasi tiklanadi. Qolgan o`ntasi ma`lum vaqtdan so`ng o`sib chiqishi mumkin. Shu tariqa har safar o`ntadan soch tolasi ortda qolib boraveradi. Va bora-bora qayta tiklanish funksiyasi sustlashadi. Oxir-oqibat soch ildizi atrofiyaga uchrab, umuman soch o`sib chiqmaydi. Ochiq qolgan soch qatorini to`ldirish uchun esa soch ektirishga to`g`ri keladi.
Soch o`sishi uch fazada farqlanadi, bular: anagen, katagen va telogen fazalar. Hozir to`rtinchi faza ham qo`shilgan bo`lib, u kenogen deb ataladi. Bunda soch to`kilishi va o`sishi orasida uzoq uzilishlar kuzatilishi aniqlangan.
Soch to`kilishiga nasliy moyillik ham sabab bo`lishi mumkin. Bunda genlar orqali onadan 70 foiz, otadan 30 foiz axborot o`tadi. 1-2 foiz holatlardagina soch to`kilishi ota-onaga bog`liq emas va bunda kishining o`zi yangi nasl asoschisi hisoblanadi.
Soch to`kilishining sababini aniqlashda tor doiradagi mutaxassislar: endokrinolog, psixonevrolog, gastroenterolog, proktolog va psixolog ko`rigi belgilanadi.
Davosi bor!
Hozirgi kunda soch to`kilishini to`xtatish va tolasini mustahkamlash uchun bir qator davo choralari qo`llanmoqda. Bulardan trixologik piling, PRP (Platelet Rich Plasma) terapiya, lazer muolajasi, soch o`sishini rag`batlantiruvchi surtma, zardob va spreylar yaxshi natija bermoqda. Muolaja har bir bemorga individual belgilanadi. Soch to`kilishi kamaygach, muolajalar ma`lum muddatda takrorlab turiladi. Asosiysi, muolaja to`xtatib qo`yilmasligi kerak.
Samira ULUG`BEKOVA suhbatlashdi
|