Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shifokorlar tirik bemorga o‘lganligi haqida guvohnoma yozib berishdi. Bu haqda «Seven News» axborot portaliga tayanib «Xabar» nashri ma’lum qiladi.
Ponederlik 80 yoshli Kandelario Guterres Ernandes nafas bilan bog‘liq muammo tufayli shifoxonaga tushadi. Ertalab soat yettida uni o‘ldi deb topishadi.
— Bizga uning tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etganini ma’lum qilishdi. Keyin uning o‘limi haqida guvohnoma berishdi. Murdasini esa shifoxonada maxsus qopga joylashdi, — deya so‘zlab berdi «marhum»ning qizi Guterres Fontalvo. — Biroq yetib kelgan tobutsozlar uning hali tirik ekanligini xabar qilishdi.
Oila shu zahoti shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilishdi: ular ham qariyaning tirikligini tasdiqlashdi.
— Bemorni bir nechta shifokor tekshirdi va hammasi bitta narsani takrorladi, — deb eslaydi Guterres Fontalvo. — Yetib kelganimizda u ko‘zlarini pirpiratib, qo‘llarini qimirlatayotganini ko‘rdik. Uning badani issiq edi.
— Uni ushlaganimda, u yig‘lab yubordi va ko‘zlarini ochdi. So‘ngra yana ko‘zlarini pirpiratdi. Shunda men ularga: «Amakim hali tirik», dedim, — deydi jiyani Luzneyra Guterres.
Kandelario Guterres Ernandes o‘sha kuni 18:30 da hayotdan ko‘z yumdi.
Bemorning o‘limi haqida vaqtidan oldin guvohnoma bergan shifoxona hozircha voqeaga hech qanday izoh bermagan. Tez orada press-reliz chiqarishni rejalashtirmoqda. Marhumning oilasi klinikaga qarshi sudga da’vo berish-bermasligi noma’lum.
Manba: ziyo-music.com
|