Bu hodisa 1831 yilda Angliyada sodir bo‘lgan edi. Tibbiyot insoniyatni davolashga ancha ojiz bo‘lgan bir vaqtda mamlakatda tif kasalligi epidemiyasi tarqaladi. Kasallik sabablarini o‘rganish maqsadida bir guruh tibbiyotchi talabalar o‘z ustozlari bilan birgalikda tajriba uchun kasallikdan vafot etgan erkak kishi murdasini olib kelib, yorib o‘rganmoqchi bo‘lishadi.
To‘rt kun oldin tobutga solib dafn qilingan murdaning tanasini endi yorishni boshlaganda, to‘satdan marhum bor ovozda baqirib, jon holatda shifokorning qo‘lidan mahkam ushlab oladi. Hamma o‘ldi, deb o‘ylagan kishi aslida tirik bo‘lib chiqadi.
Bir o‘lib tirilgan marhumning so‘zlariga ko‘ra, u kasallikka chalingandan so‘ng juda ham holsizlanib, koma holatiga tushib qoladi. U hech qanday harakatni amalga oshira olmasa ham yon atrofdagi barchaning gap so‘zlarini eshitib yotardi.
U hatto doktorlarning o‘ziga o‘lim tashxisini qo‘yganini ham, do‘stlari va yaqinlarining vidolashuv so‘zlarini eshitib yotardi. Hatto qabrga qo‘yayotganlarida ham hech narsa qila olmaydi. Nihoyat, qabrga qo‘yilgachgina, taqdirga tan berib haqiqiy o‘limini kutib yotaveradi.
Ammo oradan to‘rt kun o‘tgach, tunda qandaydir odamlar uni qabridan kovlab olganlarida behush edi. Shifokor pichoq bilan uning tomirlarini kesayotganda «murda»ning vena qon tomirida qotib qolgan qonni bilmasdan yurgizib yuboradi va shunda marhum hushiga kelib, kutilmaganda «tirilib» ketadi.
Dilmurod TO‘XTAYeV tayyorladi
|