Har bir homilador ayolni tug'ish oldidan hayajon bosishi sir emas. Tug'ish jarayoni onada ham, bolada ham jismonan va psixologik jihatsan oson va salbiy oqibatlarsiz kechishi uchun unga tayyorlangan ma'qul.
Quyidagi tavsiyalar sizga yordam beradi.
1. Tug'ish haqida adabiyot yoki tibbiy qo'llanmalarni o'qib chiqing. Ma'lumotlarni ishonchli saytlardan ham olsangiz bo'ladi. Tug'ish jarayonini normal holatdek ko'rsatadigan materiallarni izlang. Tug'ish jarayonida sizning organizmda qanday o'zgarishlar sodir bo'lishi, bola qaysi jarayonlardan o'tib dunyoga kelishi haqida imkon qadar ko'proq ma'lumotga ega bo'ling.
2. Duo qilsangiz, yoga bilan shug'ullansangiz, dam olsangiz ham yaxshi niyat qilib yuring. Bolani eson-omon osongina tug'ib olishingizni tasavvur qiling, niyat qiling.
3. Tug'ishingizga 1 hafta yoki 10 kun qolib shifokor man etmagan bo'lsa, tibbiyot tomonidan qarshi dalillar bo'lmasa, har kuni harakatda bo'ling. Ko'p yuring, homiladorlar uchun maxsus jismoniy mashg'ulotlarni bajaring, uy ishlarini qilib turing.
4. Shifokoringiz yoki kasalxonangiz bilan aloqada bo'ling.
5. Og'ir va yog'liq ovqatlardan ko'ra yengil, lekin ko'p energiya beruvchi ovqatlardan iste'mol qilib yuring. Masalan, suli yormasidan bo'tqa, go'sht, shokolad, mevalar va tug'ish oldidan eng kerakli narsa - apelsin sharbati.
Apelsin sharbati tug'ish jarayonida ayolga kerakli energiya va kuch bera oladi.
6. Tug'ishga oz kun qolganida kamroq dam oling. Homiladorlikning 9 oyi dam olish uchun mo'ljallangan bo'lsa, aynan tug'isholdidan 3-4 kun dam olmay ko'proq harakat qilgan ma'qulroq. Lekin uyquga to'yib olish shart. Aks holda tug'ish jarayoni cho'zilib ketsa, uxlab qolib bolani qiynab qo'yishingiz hech gap emas.
7. To'lg'oqlari boshlangan bo'lsa, chuqur nafas oling. Shifokor kuchanishni etguniga qadar nafasni chuqur-chuqur olishni oldindan o'rganib oling.
8. Tug'ruqxonaga kerakli narsalaringizni alohida sumkaga tayyorlab qo'ying.
9. O'zi oson tuqqan, tajribasi ijobiy va tug'ish jarayonini mehr va tabassum bilan eslaydigan ayollar bilan suhbatlashing, ulardan maslahat oling.
10. Vahimaga tushmang. Hammasi yaxshi bo'ladi, bunga ishoning.
Manba: Uzbaby.uz
|