Yo’nalishlar
“Mimoza” salati bayram dasturxonlarimizdan alohida o’rin egallaydi. Bunday salatni tayyorlash juda oson, ta’mi esa juda mazalidir.
Masalliqlarning to’g’ri tanlanishi, hamyonbopligi va lazzatli ta’mi sabab ham u ko’pchilikning eng sevimli salatlaridan biri hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 26 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm yog'da konservalangan baliq
300 gramm kartoshka
200 gramm qizil sabzi
3-4 ta tuxum
50 gramm piyoz
200-250 gramm mayonez
bezatish uchun
1-Qadam
Kartoshka va sabzini alohida idishga, tuxumni esa alohida idishga solib qaynatib olamiz.
Piyozni mayda to'g'rab olamiz, achchiq ta'mi ketishi uchun esa xohishga qarab sovuq suvda yuvib tashlaymiz.
Qaynatilgan mahsulotlarimizni sovutib, po'stini archamiz.
2-Qadam
Tuxumni oqini sarig'idan ajratib, ikkalasini ham alohida-alohida qilib qirg'ichning mayda tishchasidan chiqarib olamiz.
Konservalangan baliqni esa sanchiqda ezib maydalaymiz.
3-Qadam
Salat masalliqlarini qavat-qavat qilib terib chiqamiz. Avval kartoshkaning yarmi, ustidan piyoz, baliqni ustma-ust solamiz. So'ng esa qolgan kartoshkaning yarmi, sabzi va tuxum oqini sepamiz. Har bir qavatdan so'ng albatta oz-ozdan mayonez surtib chiqamiz.
4-Qadam
Oxirgi qavatidan so'ng mayonez surtmaymiz, faqatgina tuxum sarig'ini sepib chiqamiz. Ustini xohishga qarab, ko'katlar bilan bezatish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Buni o'qing: Qiziqarli ma'lumotlar
|