“Kasperskiy laboratoriyasi” butun dunyo bo‘ylab Kaspersky Free bepul antivirusini ishga tushirmoqda, bu haqda kompaniya rahbari Yevgeniy Kasperskiyning blogida xabar beriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bepul antivirus pulli versiyalar bilan raqobatlashmaydi, pulli versiya qator qo‘shimcha funksiyalarga egaligi bilan farqlanadi.
“Premium himoya uchun 2 ming rubl puli bo‘lmagan foydalanuvchilar soni anchagina, shu tufayli ular qalbaki dasturlarni o‘rnatishga va hatto Microsoft Windows Defender’dan foydalanishga majbur bo‘ladi”, — dedi Kasperskiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Free qancha ko‘p foydalanuvchilar tomonidan o‘rnatilsa, uning himoya sifati shunchalik oshadi, bunga mashinali o‘qitish texnologiyasi uchun big data bazasi kengayishi sabab bo‘ladi, bu fakt esa bepul antivirusning global ravishda joriy etilishi foydasiga dalil bo‘la oladi.
Manba: Daryo.uz
|