Odam salomatligi uchun eng zararli goʻsht — yaroqlilik muddati kattarogʻi, deydi ratsional ovqatlanish boʻyicha mutaxassis, shifokor-fizioterapevt Marina Vaulina “VM”ga bergan intervyusida.
Uning soʻzlariga koʻra, isteʼmolchilar, xususan, import qilinuvchi goʻshtlarning “elita” navlaridan hushyor boʻlishlari lozim.
— Yaroqlilik muddati qancha katta boʻlsa, ishlab chiqaruvchi mamlakat shuncha uzoqda joylashgan, transportda tashish uchun oʻshancha koʻp vaqt ketgan, mahsulotga shuncha koʻp keraksiz kimyoviy moddalar — konservantlar qoʻshilgan boʻladi. Gap shundaki, bunday mahsulot bir necha marotaba muzlatiladi va eritiladi. Buning tanaga hech qanday foydasi yoʻq, — deya taʼkidlaydi u.
Buni o'qing: Salomatlik sirlari va Tibbiyot yangiliklari
Shifokorlarning aytishicha, “delikates”ni yesa boʻladi, faqat meʼyorni unutmaslik kerak. Shuningdek, u goʻshtni koʻp qovurmaslikni, haddan tashqari koʻp yogʻ, tuz va ziravorlar qoʻshmaslikni hamda erigach muzlatkichda uzoq saqlamaslikni maslahat beradi.
Vaulinaning fikricha, odam tanasiga, ayniqsa, gʻoz, oʻrdak, qoʻy goʻshtining hazmi ogʻirlik qiladi. Lekin hammasi goʻshtni qanday pishirishga bogʻliq. Mana, masalan, sabzavotlar bilan bugʻda pishgan goʻsht yengilroq hazm boʻladi. Kabobda esa, aksincha, tutun zarralari va kanserogen moddalar ham qoʻshilib ketadi.
|