Soch to'kilishi hozirgi zamon ayollarini ham, erkaklarini ham birdek qiynaydigan holat. Soch to'kilishiga nima sabab bo'ladi? Qanday qilib soch to'kilishini oldini olish mumkin?
Soch to'kilishiga olib keluvchi asosiy sabablar:
- Androgen soch to'kilishi;
- Simptomatik soch to'kilishi;
- Joyida soch to'kilishi;
- Chandiqlik soch to'kilishi.
Androgen soch to'kilishi nima degani?
Soch to'kilishining ushbu turi ko'proq erkaklarda uchraydi. Chunki bunga javobgar erkaklarning androgen gormoni hisoblanadi. Androgen gormonlaridan biri hisoblanmush testosteron soch follikulalariga tushib soch tolasini ingichkalashuvi, keyinchalik esa to'kilishiga olib keladi.
Testosteronning ko'p kamligidan qat'iy nazar erkakning soch follikulalari shu gormonga bo'lgan ta'sirchanligi tufayli to'kiladi. Ya'ni testosteroni ko'p bo'la turib soch follikulalari bunga ta'sirchan bo'lmasa, erkak sochi to'kilmaydi. Ta'sirchanlik esa genetik faktor. Agar erkakning otasini sochi vaqtli va ko'p to'kilgan bo'lsa, demak uning ham sochi shu holatda bo'ladi.
Ayollarda ham androgen soch to'kilishi uchrab turadi. Odatda bu ayolning 45 yoshlarida ilk namoyon bo'ladi. Bunda quyidagilar ta'sir qiladi:
- Gormonal kontrasepsiya vositalaridan foydalanish;
- Endokrin kasalliklar;
- Stress;
- Homiladorlik;
- Tuxumdonlar kasalliklari;
- Irsiyat.
Erkaklarda androgen soch to'kilishi peshona qismidan boshlansa, ayollarda to'kilish ko'roq boshning cho'qqisidan namoyon bo'ladi.
Andregen soch to'kilishi odatda davolanmaydi, u bilan faqatgina soch ektirish yo'li bilan kurashish mumkin.
Simptomatik soch to'kilishi nima degani?
Simptomatik soch to'kilishi umumiy bosh sochi siyraklashib to'kilishida namoyon bo'ladi. Bu holat organizmda rivojlanayotgan biron kasallik tufayli yuzaga keladi. Soch to'kilishining bu turiga ko'proq ayollar duch keladi.
Simptomatik soch to'kilishida sababchi faktorlar:
- Gormonal buzulishlar;
- Stress;
- Gormonal dori-vositalarning qabul qilinishi;
- Homiladorlik;
- Uzoq vaqt davom etgan kasallik;
- Surunkali kasalliklar;
- Dieatalar;
- Uzoq vaqt qabul qilingan dori-vositalari.
Simptomatik soch to'kilishini davolash uchun unga keltiruvchi sababni topish lozim. Sababi yo'q qilinsa, sochlar sekin-sekin qayta tiklanadi.
Ma'lum bir joyda soch to'kilishi nima degani?
Bu holat kam uchraydigan bo'lib, uning kelib chiqish sababi ko'p o'rganilmagan.
Bunday soch to'kilish birdaniga boshlanib, bir joydagina kuchli namoyon bo'ladi. Huddi shunday to'kilish jarayoni birdaniga to'xtaydi. Ba'zida vaqt o'tib bunday soch to'kilgan joylarda qayta soch o'sa boshlaydi.
Soch to'kilishning bunday turini davolash uchun kortikostreoid vositalaridan foydalaniladi.
Chandiq tufayli soch to'klishi nima degani?
Soch follikulalari biron sabab tufayli o'lgan bo'lsa, u yerda soch boshqa o'smaydi. Soch follikulalarining o'lishiga nima sabab bo'ladi?
- Terining kuyishi;
- Ba'zi infeksiyalar;
- Sochni haddan ziyod ko'p turmaklash, issiqlik vositalarini qo'llash;
- Addison kasalligi.
Chandiq tufayli soch to'kilishi davolanmaydi, bunda faqat soch ektirish yo'li qo'llaniladi.
Manba: Uzbaby.uz
|