Вверх
Четверг, 21-Ноября-2024, 19:14
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2018 » Февраль » 25 » Erga yoqish sirlari: erni ko’nglini olish uchun nima qilish kerak
Рекомендуемы
18:50
Erga yoqish sirlari: erni ko’nglini olish uchun nima qilish kerak

Munosabatlarning boshlanishi gullar, shirinliklar, sevgi izhorlari kabi turli yoqimli lahzalarga boy. Biroq, oilaviy hayotda romantika asta-sekin e’tiborsizlik bilan almashinib boradi. Ko’pgina erkaklar poligam mavjudot ekanliklarini hisobga olgan holda, ko’plab ayollar ushbu savolga qiziqish bildirmoqda: erga yoqish uchun nima qilish kerak, uning o’z ayoliga bo’lgan qiziqishini qanday saqlab qolsa bo’ladi.

Ko’p yillar davomida erga yoqish uchun

Avvalo, turmush o’rtog’ingizga yoqish uchun, hatto nikohdan keyin ancha yillar o’tgan bo’lsa ham, o’zingizga qarab yurishni unutmang.

Jozibali ko’rinishga ega bo’lgan ayol har doim har qanday erkakda kuchli qiziqish uyg’otadi. Eringiz siz atrofdagilar uchun qiziqish uyg’otayotganingizni ko’rishi kerak. Bu ko’chaga chiqib o’zini ko’z-ko’z qilish degani emas, shunchaki tashqi ko’rinish go’zal bo’lish kerakligini anglatadi.

Shu bilan birga, boshqalarga yoqishingizga qaramasdan, eringiz sizning sadoqatli ekaningizga to’liq ishonishi kerak.

Erga yoqish usullari orasida eng yaxshisi — eringizni muntazam maqtashingiz kerak. Aksariyat erkaklar juda qattiq bo’lsa-da, ularning hech biri yaxshi iltifotlardan voz kechmaydi. Eringizga doimo u kuchli inson, sizning umidingiz va ishongan tog’ingiz ekanligini eslatib turishga harakat qiling. Bunday so’zlardan keyin sizning hayotingizni yaxshiroq qilish uchun eringiz hamma narsaga tayyor bo’lishiga amin bo’lasiz.

Turmush o’rtog’ingiz bilan bir necha yil birga yashayotgan bo’lsangiz ham, erga yoqish uchun bir nechta maslahatlar mavjud:

  1. U bir vaqtlar sevib qolgan qizga aylaning. Muloyim, mehribon va xushmuomala bo’ling (lekin haddan tashqari ham emas!). Har bir er uy bekasini emas, balki o’z yuragini baxsh etgan nozik qizni ko’rishni xohlaydi;
  2. Romantik biron joyga boring, masalan restoranga, eringiz sizni u yerda bor chiroyingizni ko’radi. Bu erkaklarni harakatlarga ilhomlantiradi va siz qaroringizdan pushaymon bo’lmaysiz;
  3. Unutilmas romantik kechki ovqat tayyorlang. Qorong’u xonada xushbo’y shamlar yanada ko’proq romantika qo’shadi. To’yimli ovqat tayyorlamang. Yaxshisi turli ovqatlardan kam-kam tayyorlang va dasturxonni to’ldiring. Agar eringiz shirinsevar bo’lsa, shirinliklar va turli xil mevalar uchun ko’proq afzallik bering;
  4. Eringizni mamnun qilish uchun o’zingizni ko’z-ko’z qiling. Erni ko’nglini olish uchun buni ancha vaqtdan buyon qilmagan edingiz. Tabiiyki, u yoqimli hayron bo’ladi. ;
  5. Qomatingizni me’yorga keltiring. Oddiy uy sharoitidagi fitnes sizga yaxshi yordam berish va mushaklaringizni chiniqtirishi mumkin. Shuningdek, bu sog’liq uchun ham foydalidir;
  6. Obrazingizni o’zgartiring. Har kuni turli xil, yangi, oldindan aytib bo’lmaydigan obrazlarda bo’ling. Eringiz sizning harakatlaringizni qadrlaydi va sizni e’tiborsiz qoldirmaydi;
  7. Chaqqon bo’ling. Eringiz bilan qiziqing, oldingizda turgan tanlovlarni u bilan muhokama qiling. Yangi narsalarga qiziqib, unga bu haqida xabar bering;
  8. Xobbi. Eringizni mamnun qilish uchun bo’sh vaqtni u bilan birga o’tkazing. Hayotdagi barcha narsadan birga bahramand bo’ling. Teatrga boring, raqsga tushing. O’z sevimli mashg’ulotlariningizni ko’p qirrali qiling. Erga yoqish uchun uchun hayotingizga biroz ekstrim, faol dam olish qo’shing.

Agar siz bir-biringizni to’y kuningizdagidek sevsangiz, oilaviy hayot osonroq va yoqimliroq bo’ladi. Bunday shart-sharoitlarni yaratish juda qiyin, lekin biroz harakat qilish kerak va natija o’zini uzoq kuttirmaydi. Uning ko’zlari qanday «porlab» turganini va siz baxtdan qanday nur taratayotganingizni ko’rasiz. Albatta sevgidan.

Er uchun yagona bo’lib qolish uchun

Ayol — bu o’ziga xos go’zal vakil. Ularning chiroyli yoki chiroyli emaslari bo’lmaydi, ko’p erkaklar shunday hisoblashadi. Ayollarga tozalik, ozodalik xosdir.

Lekin nega ba’zi erkaklar ularga e’tibor berishni to’xtatadilar, nega ularga bo’lgan qiziqishni yo’qotadilar? Hozir ana shu haqida gaplashamiz.

Ko’pincha ayollar unutib qo’yadilar, erkaklar — ularning go’zalligini asosiy baholovchilar hisoblanadi, shuning uchun sizning yaxshi eringiz bo’lsa ham, o’zingizga va go’zalligingizga e’tibor berishni tashlab qo’ymang.

Ko’pincha ayollar uyda uy uchun yoki eski kiyimda, bo’yanmasdan va to’zigan sochlari bilan yurishadi. Erkak chiroyli malika bilan tanishgan edi, hozir esa uyda haqiqiy «baqa» ni ko’rmoqda.

Shu sababli, ko’plab erkaklar o’z xotinlariga qiziqishni yo’qotishadi, boshqa ayollarga qarashni boshlashadi, ichishga berilib ketadi. Va buning uchun eringizni ayblamang va u bilan janjallashmang, ehtimol vaziyatni chuqurroq ko’rib chiqish va o’zgartirish kerakdir?

Xo’sh, turmush o’rtog’ingizga yoqish uchun nima qilish kerak:

Tashqi ko’rinish

Ayol kishi kunning istalgan vaqtida jozibador ko’rinishi kerak. Hatto ertalab uyg’ongach, sochlarni chiroyli turmaklash, ko’zga yoqadigan chiroyli kiyimlar kiyish tavsiya etiladi, hatto uy uchun kiyim bo’lsa ham, sizni ushbu libosda ko’rish yoqimli bo’lsin.

Bugungi kunda yaxshi ko’rinish sizdan ko’p vaqt va energiya talab qilmaydi — zamonaviy go’zallik sanoati o’zingizga qarashni dam olish kabi qilib qo’ygan.

Siz go’zallik salonida o’zingizni tartibga keltirasizmi yoki uy sharoitida, bu muhim emas. Uy sharoitida go’zal ko’rinish uchun turli usullar, niqoblar, retseptlar, vositalar va asboblar mavjud, ular sizga o’zingizni doimo Klepoatra kabi his qilishingizga ko’maklashadi. Axir, o’ziga e’tibor beradigan ayol — o’ziga ishongan ayol. Bu eri uchun yagona hisoblanadigan ayol.

O’zingizga «erim hohlaydigan va u uchun yagona hisoblanadigan bo’lish uchun nima qilish kerak?» degan savol bersangiz, doim bir narsani yodda tuting: siz eringiz uchun yagonasiz, u sizni tanlab bo’ldi. Siz kabi ikkinchi ayol dunyoda yo’q. Shuning uchun o’zingizni qadrlashingiz, hurmat qilishingiz va sevishingiz kerak.

Har doim o’zingiz uchun ozgina vaqt toping, o’zingizga har doim munosib dam olishga ruxsat bering. Birinchidan, qalbingiz va tanangizga e’tiborli bo’ling. Va shunda bir kun kelib siz allaqachon eringiz uchun o’sha yagona ekanligingizni tushunib yetasiz.

G’amxo’rlik

Uyda lazzatli taom bo’lsa, har bir erkak xursand bo’ladi. Bejizga aytishmaydiku, erkak kishining qalbiga yo’l oshqozoni orqali deb. Turmush o’rtog’ingizni u yoqtirgan taom yoki mazali pishiriq bilan xursand qiling.

Erkaklar taomnomasi albatta turli xil bo’lishi kerak. Agar siz lazzatli ovqat tayyorlashni o’rgansangiz va eringizni tez-tez yangi va o’ziga xos taomlar bilan xursand qilib tursangiz, u sizning mehnatingizni bee’tibor qoldirmaydi. Va ishoning, u o’z hamkasblariga va do’stlariga sevgan yori qanday qo’li shirin va aqlli ekani bilan maqtanadi.

Shaxsiy baho

O’zingizga bo’lgan munosabatingiz atrofingizdagi odamning sizga qanday munosabatda bo’lishini belgilab beradi. Bachkanalik va bo’lar-bo’lmas gaplar bu gaplashish uchun sabab emas. Agar boshqalar sizga nisbatan jiddiy bo’lmagan va yuzaki munosabatda bo’lishini istamasangiz, bunday qilmang. Xulq-atvor va tarbiya sizning oldingizda qanday inson ekanligini aniq belgilaydigan mezondir.

Fe’l-atvor

Erga yoqish uchun quvnoq xonim bo’ling! Uyni yig’ishtirish bayramga aylanishi kerak, chunki agar siz ishlarni shikoyat qilishdan boshlasangiz, nafaqat o’zingizni, balki yoringizni ham kayfiyatingizni buzishingiz mumkin. Sevimli musiqangizni qo’ying va raqs tushib va kulib ishlarni bajaring, lekin charchadim va menga hech kim yordam bermayapti deb o’ylamang.

Agar chindan ham qiyin bo’lsa, unda siz makkoralik bilan eringizdan u yoki bu ishni bajarib berishni iltimos qiling, unga ham yoqimli, u o’zisiz bir ish bitmasligini his qiladi va uy tozaligidan mamnun bo’ladi.

Odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati

Eringizning do’stlari va qarindoshlarini hurmat qilishni o’rganing. Birinchidan, eringizni har qadamini nazorat qilmang, ishonishni o’rganing. Uning do’stlari kelganda o’zingizni og’ir-bosiq tuting, barchasini ko’ngildan bajaring. Shunda eringizga sizni maqtab qo’yishadi. Qaynonangiz bilan eng yaxshi do’st bo’ling, uning maslahatini tinglang va uni rozi qilishga harakat qiling.

Agar suyukli yoringiz sizga siz yoqtirmaydigan gullarni sotib olib bersa, noto’g’ri sovg’alar qilsa, siz xohlamagan restoranlarga olib boradigan bo’lsa, eringizni koyimang va norozilik bildirmang. Erkaklar kichkina bolalar kabi, ularga faqatgina bildirmasdan sizga nimalar yoqishini aytib qo’ying va ular hamma narsani to’g’ri qila boshlashadi.

Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali siz ko’p yillar davomida eringiz uchun yakkayu yagona bo’lasiz va u sizni hech qachon kuttirib qo’ymaydi va sizga bor mehr-muhabbatini beradi. Ishi tugagach, uyga, oilasi davrasiga tezroq qaytishga harakat qiladi


Manba: MyMedic.Uz

Категория: AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR | Просмотров: 11947 | Добавил: admin | Теги: erimni sevdirmoqchiman, erga yaxshi xotin bo'lish, erga yoqish, yaxshi yashash, baxtli turmush, YIGITLARGA YOQISH, erimga qanday yoqsam bo'ladi | Рейтинг: 5.0/1
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 21-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz