KET"..! dediz men ketdim butkul
Shu so'z uchun sizdan kechdima?
To'g'ri sevish siz uchun mushkul
Lek sevdirish sizga hech nima...
Qarang yashab yuribman hamon
Orzulardan butkul voz kechib
Umidlarni chetga suraman
Armonlarning bo'ynidan quchib.
Qaylardasiz, ko'rgim kelyabdi
Bir ko'rmagan ruxsoringizni
Gox qo'ng'iroq qilgim kelyabdi
Eshitmoq uchun ovozingizni
Raqamingiz qayta teraman
Chaqiruvni bosmayman faqat
Chunki, aniq-tiniq bilaman
Suxbat uchun sizda yo'q toqat...
Bo'ldi. Yetar. Bu yuragimga
Qachongacha azob beraman
Yuragingiz raqamlarini
Yana qayta qayta teraman...
Operator qiz bo'lsa kerak
Axir shunday ovoz kelyabdi:
-Siz qo'ng'iroq qilgan bu yurak
Do'stingizga javob beryabdi...
SHERLAR.NET