Sababli bo'larkan dunyo ishlari,
Bir so'z zarbidan tog' qularkan.
Tovoninga botsa tuxmat toshlari,
Boshingda parvona onang turarkan.
Yelib yuguramiz bola-chaqa deb,
Tiriklik tashvishida umr o'tarkan.
Xayot senga omadni ko'rmasa ep,
Senga duo qilib onang yig'larkan.
Insonning qadamin xatolar poylar,
Yaxshining bahtini raxmon berar.
Seni undan bo'lak kim qayg'urar,
Seni bahting tilab onang yig'larkan.
Muhabbat nomalum bir eshikdur,
Ochsang-ochmasang udir mehmon.
Yoshlik chog'I qaytmas xurlikdur,
Qadrin bilarkansan bo'lsang notovon.
Tiq etsa eshikdan ko'zalarin uzmay,
Qadaming poylab parvona bo'larkan.
Rizqin ulashar o'zi tuz totmay,
Qadir-qimmatinga onang yig'larkan.
Dilda saqlamagin g'am-u xasratni,
Birovga otma yolg'on tuxmatlarni,
Umring o'tsa ko'rarsan senxam
zaxmatni, Sen uchun qayg'urib
onang yig'larkan.
Ey inson adashma to'g'ri yo'lingdan,
Sabr qil bahtli kunlar xam kelarkan.
Nogoh ketsang agar osmon bag'ridan,
Ruhinga parvona onang yig'larkan...
Said Mahzun
SHERLAR.NET