Men qotilman hech kim bilmaydi,
Bu aybimni yashirib tuydim,
O'lgan ishqqa qabr bo'lmaydi,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.
Nima qilib qo'ydim ko'ringlar,
Orzularim ko'zlarin o'ydim,
Men qotilman bilib qo'yinglar,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.
Men baxtkesar qo'lda qaychiman,
Men baxtto'sar yo'lda ovchiman,
Men eng xafli jinoyatchiman,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.
Alvastido'st nafsim-yalmog'iz,
Ajdar og'zi yutgan o'ljasan,
Uvolinga qoldimku essiz,
Tug'ulmagan farzandimni man.
O'tga tashlab sho'rlik yurakni,
Qonga bo'yab quvonch ko'ylakni,
Tashlab ketdim guldek malakni,
Ko'rmaysizmi mendek tentakni,
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim.
Ishqqa maxbus qo'llarim kishand,
Ravo ko'rdim unga o'limni,
Kafanlikka topolmay mato,
O'rab ko'mdim oppoq ko'nglimni.
Men sevgimni o'ldirib qo'ydim,
Pushaymonko'l hanjarida qon,
Qabrtoshga ismingni o'ydim,
Men adashdim kechir sevgijon!
SHERLAR.NET