Dedim, to'plab yaqinlarim,
Unutmang bu aytganlarim
Agar o‘lsam azizlarim
— Aza uch kun.
Chunki, payg‘ambar aytganlar,
Uch barmog‘in ko‘rsatganlar:
"Mo‘min odam o‘lsa agar,
Aza uch kun".
Bahurmati shu uch barmoq,
Sakkiz bo‘g‘in, uch pok tirnoq
Haq rasuli bilguvchiroq
— "Aza uch kun".~~~ Sherlar.net ~~~
Musulmonman, deganlarga,
Hidoyatga kelganlarga,
Mahshar g‘amin yeganlarga
— "Aza uch kun".
Maqtab-maqtab, yig‘lash yomon,
Ko‘z yosh — rahmat, so‘zlash yomon,
Eshitsin bor mulki jahon
— "Aza uch kun".
Bir yaqinim kelib qolsa,
Ovoz qo‘yib, yig‘i solsa,
Nasihat qil, agar olsa
— "Aza uch kun".
Yo‘qsa uydan haydab sekin,
"Bugun — aza, to'ymas", degin,
Kuychi hofiz shartmas, degin
— "Aza uch kun".~~~ Sherlar.net ~~~
Qizim dedi: — Ey, onajon,
Kayvonilar* fe’li yomon,
Desak, qilishar toshbo‘ron
— "Aza uch kun".
Dedim: — Bilib musibatni
Kelsa ko‘rsat ushbu xatni,
O’qisin bu vasiyatni
— "Aza uch kun".
Bir sahih hikmatni tiklab,
Jabru jafo ko‘rsang sharaf,
Va hattoki o‘lsang sharaf
— "Aza uch kun".
Rasulluloh ro‘zi mahshar:
"Bizdan emassiz",
desalar, Ne qilasiz, kayvonilar?
— "Aza uch kun".~~~ Sherlar.net ~~~
Kelinlarim yig‘lashmasa,
O’g‘illarim pul sochmasa,
Malomatlar qilmang yana!
"Aza uch kun".
Yangiliklar qo‘shmang dinga,
Yolg‘on aylanmasin chinga
Jannat kerak bo‘lsa sizga
— "Aza uch kun".
To‘rtinchi kun — qasdi riyo,
Ilmsizlik, tarki ziyo,
Yaratgandan qiling hayo
"Aza uch kun".
"Qirq", "Yigirma", "Yetti" -bid’at,
"Dod-voy, ketti-ketti!" — bid’at
Buzilmasin farzu sunnat
"Aza uch kun".~~~ Sherlar.net ~~~
Qo'shnilardan suvu taom,
Uch kungacha etsin davom,
Bu payg‘ambar aytgan kalom
— "Azauch kun".
Kuyinmang siz jon ketdi, deb
Orqasidan mol ketdi, deb
Musibatga bermanglar zeb
"Aza uch kun".
To‘rtinchi kun qilib osh-suv,
Deng: "Yetti", "Qirq", yiliyam — shu,
Xayit, qovun, guliyam — shu
"Aza uch kun".~~~ Sherlar.net ~~~
Mayli bo‘lsin to‘y, marosim,
Gunoh-riyo, "xo‘jako‘rsin",
Hamma ishda me’yor bo‘lsin
"Azauch kun".
Azadorga oson qiling,
U emas, siz ehson qiling,
Olimlardan so‘rab biling
"Aza uch kun".
Payg‘ambarni sevsang agar,
Aytganini qil-da, zang‘ar
Elga keltirmagin zarar
"Aza uch kun".
G’amli uyda yegandan osh,
Solsang yaxshi og‘zingga tosh,
Tur, Marhabo, uyingga shosh
"Azauch kun".
SHERLAR.NET