Вверх
Четверг, 26-Декабря-2024, 20:48
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR [13]
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR [9]
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR [3]
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR [7]
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT [9]
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI [6]
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR [12]
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR [7]
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR [10]
LATIFALAR TO'PLAMI | HANGOMALAR | PRIKOLLAR KULGILI VOQEALAR [43]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » Статьи » HIKOYALAR TO'PLAMI / TA'SIRLI REAL VOQEALAR » DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR

O'lgisi kelgan odam (Detektiv qissa)

Mashina shaharni ikkiga ajratib turgan daryo ustida­gi ko‘prikning qoq o‘rtasida­ to‘xtadi. Politsiya­chi Jonson avvaliga unga e’tibor bermadi, ammo mashinadan tush­gan baland bo‘yli kishini ko‘rishi bilan hushyor tortdi.­

Jonson bu yerda birinchi bor posbonlik qilayotgani yo‘q, mash’um ko‘prik sevishganlaru xayolparastlar qatori o‘z joniga qasd qilish istagidagilarni ham o‘ziga jalb etishini juda yaxshi bilar edi.

Anavi odam avvval atrof­ga diqqat bilan razm solib,­ so‘ng shoshilmasdan ko‘prik panjarasiga yaqinlashdi. Uning panjaraga osilayotganini ko‘rgan Jonson sekin so‘kinib olib, u tomonga qarab yugurdi.

— Ajoyib tun, shunday emasmi? — dedi politsiyachi­ uning qadam tovushlarini eshitib ko‘prik panjarasidan qo‘lini olgan kishiga salom ham bermay. — Tabiat­­dan bahra olayapsizmi deyman? Sizni tushunaman, janob, agar vazifamni bajarayotgan bo‘lmaganimda, menam hozir sevgi yoki shunga o‘xshashroq tuyg‘ular haqida o‘ylayotgan bo‘larmidim.

Joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan kishi bunaqa be’mani gaplarga hushi yo‘qligini bildirmoqchi bo‘lganday yelka qisib qo‘ya qoldi. So‘ng sigaret tutatdi.

— Sizni ko‘rdimu, biroz gurung qilarmiz deb kelaverdim, — davom etdi politsiyachi o‘zini suhbatdoshining holatini sezmaganga olib. — Bilasizmi, odam bir o‘zi yomon zerikadi… Bu yerdan atrof ajoyib ko‘rinadi, to‘g‘rimi?

— Hozir bu mening ko‘nglimga sig‘maydi, — og‘ir xo‘rsindi novcha kishi sigaret kulini suvga qoqqancha. Jonson e’tibor bermagan ekan, uning qoshlari juda quyuq edi. — Ayni damda men boshqa narsani — qanday qilib oson va qiynalmasdan o‘lim topishni o‘ylayapman.

— Bekor qilasiz, — uning ko‘nglini ko‘tarishga urindi posbon. — Qancha og‘ir bo‘lmasin, yashash kerak. Hayotda hech narsani oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Kim biladi, ehtimol ertaga omadingiz chopib, hamma narsa yaxshi tomonga o‘zgarib ketar.

Notanish novcha suvga tikilib uzoq jim qoldi, so‘ng sigaret qoldig‘ini daryo­ga uloqtirib, politsiyachiga qo‘lini uzatdi.

— Ismim Edvard Rayt.

— Ancha-muncha ko‘ngilsiz­liklarni boshdan kechiribsiz chog‘i? — xayrixoh ohang­da so‘radi politsiyachi.

— Ha, shunaqa…— mung‘ayib bosh irg‘adi joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odam.

—Xotinim olamdan o‘tgach, hayotim ag‘dar-to‘ntar bo‘lib, ishlarim ham chappasiga ketayapti. Uni judayam yaxshi ko‘rardim, usiz yashagim kelmay qoldi.

— Bunday demang, — Jonson uning yelkasiga do‘stona qoqib qo‘ydi. — Odam hamma narsaga ko‘nika­di, janob Rayt. Hatto yol­g‘izlikkayam. Yaxshisi, uyin­gizga borib uxlang. Kechasi yotib o‘yla, ertalab turib so‘yla degan gap bor. Mana ko‘rasiz, to‘yib uxlasangiz, ertaga hammasi iziga tushib ketayotganini ko‘rasiz.

— Siz shunga rostan ishonasizmi?

— Albatta, — dedi Jonson jiddiy ohangda. — To‘g‘ri, bu dunyoda yashashning o‘zi mashaqqat. Hamisha­ shunday bo‘lgan. Lekin nailoj? Daryo tubi mana shu hayotingizdan sirayam yaxshi emas, gapimga ishonavering.

Rayt uzoq o‘ylanib, so‘ng indamay mashinasiga qarab yo‘l oldi. Jonson uning orqasidan ancha vaqt qarab turdi.

So‘ng yondaftarini olib, yozib qo‘ydi: «Edvard Rayt, baland bo‘yli, quyuq qoshli kishi. Xotini o‘lgan, ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi…».

* * *

Psixiatr Bob Smitning qiyofasi ko‘pchiligimizning bolalik tasavvurimizdagi doktor obraziga juda mos kelar edi.  O’z o‘y-xayollari bilan ovora doktor navbatdagi mijozini tinglar ekan, butun yuzini qoplagan soqolini tutamlagan ko‘yi o‘ychan boshini irg‘ab qo‘yardi.

— …Hayotimda ma’ni qolmadi, — shikoyat qilishda davom etardi novcha, quyuq qoshli bemor. — Kecha ko‘prikdan o‘zimni tashlashimga sal qoldi.

— Nima to‘xtatib qoldi sizni? — beparvogina so‘radi doktor. Bemorlarning bema’ni tushlar haqidagi har kungi hikoyalari uning g‘ashini keltirardi.

— Meni politsiyachi to‘x­tatib qoldi. Uning aytishicha, vaziyatdan chiqish yo‘li bu emasmish.

Yana o‘z xayollariga berilgan Bob Smit mijg‘ov mijozning gapidan hushyor tortdi.

— Doktor, mening oshqo­zonimni yuvish kerak…

— Bu yana nimaga kerak? — hayron bo‘lib so‘radi Smit.

— Oldingizga kelishdan oldin bir quti uyqu dori ichib yuborgan edim, — hasrat qildi Edvard Rayt. — Yi­girmatadan kam emasdi-yov.­

Chuqur uf tortib, o‘rnidan turgan Smit boshini chayqagancha asbob-uskunalarini olish uchun qo‘shni xonaga yo‘l oldi.

Oshqozonni yuvish muola­jasi ancha og‘ir kechgan bo‘lsa-da, bemorning baxtiga uyqudori hali qonga so‘rilib ulgurmagan ekan. U muqarrar o‘limdan asrab qolindi.

— Hali yashaysiz, — dedi  unga xayrlasha turib Bob Smit.

— Rahmat, doktor.

— Rahmatni qo‘ya turing, siz haqingizda politsiyaga xabar berib qo‘ymasam bo‘lmaydiganga o‘xshaydi…

* * *

— Ajoyib to‘pponcha, — o‘z molini maqtay boshladi sotuvchi. — Albatta, agar istasangiz sizga bundanam zo‘rini topib berishim mumkin. Ammo unaqasining narxiyam qimmatroq bo‘ladi.

— Rahmat, menga shuyam bo‘laveradi, — uning gapini­ kesdi xaridor. — Menga yana bir quti o‘q ham kerak.

— Albatta, albatta, — dedi qurol-aslaha do‘koni egasi xaridorlarni qayd qilish jurnalini ola turib. — Janob Rayt, manavinga ism-familiyangizni yozib, imzo qo‘yishingiz kerak. To‘g‘ri, bu ba’zi birovlarga yoqmaydi, ammo nachora, qoidasi shunaqa…

* * *

Kechki soat to‘qqizlarda Edvard Raytning eshigi taqilladi.

Rayt eshikka yaqinlashib, uning ko‘zchasidan mo‘raladi. Mehmonni tanib, eshikni ochdi.

— Kel, Mark, — ichkari­ga taklif qildi uy egasi.

— Uni sen o‘ldirding, Ed, — dedi mehmon salomlashish o‘rniga uning qorniga to‘pponcha tirab. — U sen bilan tinchgina ajrashmoqchi edi, sen esa uni  o‘ldirding…

— Esing joyidami!? — dedi shoshib qolgan Rayt.

— Hammasini judayam puxta bajargansan. Qotillik baxtsiz hodisaday tuyu­lib, politsiya hech narsadan shubhalanmadi. Buni qanday uddalading, Edvard?

— Men uni urdim, — dedi ko‘zini to‘pponchadan uzmay Edvard Rayt. — Boshiga urdim. Bir necha marta urdim, keyin zinadan dumalatib yubordim… Politsiyaga borib ovora bo‘lma, baribir senga hech kim ishonmaydi. Baribir isbotlab berolmaysan.

— Politsiyaga boraman deb kim aytdi senga? Men umuman boshqa narsani o‘ylab qo‘yganman…  Stolga o‘tir. Qog‘oz-qalam ol-da, «Bunday azoblarga boshqa chiday olmayman. Bu safar hayotdan ketish uchun o‘zimda kuch topa oldim» deb yoz. Ha, shunday deb yozsang o‘lim­oldi xating ishonchliroq chiqadi. — Mark to‘pponcha o‘qtalib Edvardni stol tomonga undadi. — Imzo qo‘yishni unutma, haromzoda!­

— Men buni yozmayman.

— Yozasan, Edvard, yozasan! — mehmon to‘pponchani uning gardaniga tiradi.

— Qutulib ketolmaysan, Mark, — g‘ingshidi Rayt. — Suvdan quruq chiqaman deb o‘ylama. Baribir qo‘lga tushib, osilasan.

— Nima uchun? Sen o‘z joningga qasd qilganing uchunmi? — xiringlab kula boshladi Mark.

— Men bu bema’ni xatni­ yozganim bilan hech kim o‘zimni o‘ldirganimga ishon­maydi.­

Mehmon to‘pponcha tepkisini ko‘targanini ko‘rgan Edvard Rayt yozishdan bosh­qa chorasi yo‘qligini tushun­di va chuqur xo‘rsinish bilan stolga o‘tirdi. U Mark  aytganday qilib yozib, imzo qo‘ydi.

— Endi menga qara, Edvard…

Qog‘ozdan boshini ko‘targan Rayt seskanib ketdi. Uning ro‘parasida umuman boshqa odam turar edi — boshiga parik kiygan, ko‘zlari ustiga qalin qosh yopishtirilgan bu nusxa kimgadir juda-juda o‘xshardi.

— Top-chi, men hozir kimga o‘xshadim? — sekingina so‘radi mehmon. — Nahotki tanimading? Senga­ o‘xshab qoldim, Edvard, senga… Albatta, biz egizakmasmiz, lekin bo‘y-bastimiz bilan juda o‘xshab ketamiz.

— O’zingni men qilib ko‘rsatib yurgan ekansan-da…— esankirab qoldi Edvard Rayt.

— Nihoyat yetib bordimi?­ Oxirgi kunlar ichida nima­lar bilan band bo‘lganingni bilsang, bundan battar hayratga tushasan. O’tgan kuni, masalan, ko‘prikdan o‘zingni tashlashingga bir bahya qoldi. Bilsang, hayoting­ni hushyor politsiyachi saqlab qoldi. U bo‘lmaganida allaqachon o‘lib ketgan bo‘­larding. Kecha esa ko‘proq uyqudori ichib yuborganing uchun bir doktor sening oshqozoningni yuvishiga to‘g‘ri keldi. Bir soatcha oldin sen to‘pponcha sotib olding, hatto u yerdagi jurnalga imzo ham qo‘yvording… Qisqasi, oxirgi ikki kun ichida sen shahardagi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlarning eng ashaddiysiga aylanding.

— Do‘stlarim-chi? Ishxonadagi hamkasblarim-chi? Ular bunga ishonishmaydi, — oxirgi xasga yopishdi Rayt.

— Adashasan, qadrdonim, — istehzo bilan uning gapini bo‘ldi Mark. — Bilib qo‘y, kimdir joniga qasd qilsa do‘stlariyam, hamkasblariyam darrov uning keyingi paytlarda g‘alati bo‘lib qolgani haqida eslab­ qolishadi. Aniq bilaman, xotining o‘lgandan keyin go‘yoki chuqur qayg‘uga botgan odamning rolini o‘yna­gan­san.­ Sening tushkun ahvolda yurganingni tasdiqlash uchun qasam ichishga tayyor odamlar topilishi aniq. Alvido, Edvard!..

Shu so‘zlarni ayta turib u to‘pponchani Edvard Raytning chakkasiga tirab tepkini bosib yubordi.

Singlisining qotilini saranjomlagan Mark to‘p­ponchadagi barmoq izlarini artib tashladi va qurolni Edvardning qo‘liga ushlatib qo‘ydi. So‘ng uning hamyonini olib psixiatrning tashrif qog‘ozi va to‘pponcha­ sotib olingani haqidagi kvitantsiyani solib qo‘ydi.

— Uni o‘ldirib katta xato qilding, Ed, — dedi Mark yelimlangan quyuq qosh­larini joyidan ko‘chirar ekan. — Sen uni hech qachon sevmagansan. Tinchgina­ ketishiga yo‘l berishing kerak edi…

Shavkat Yodgorov tarjimasi

Manba:tafsilot.uz

SHERLAR.NET
Категория: DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR | Добавил: admin (11-Января-2017)
Просмотров: 3882 | Теги: detektiv qissalar, yangi detektiv voqealar, bir jinoyat izidan, detektiv hikoyalar voqealar olami, qiziqarli detektiv qissalar | Рейтинг: 5.0/24

O'lgisi kelgan odam (Detektiv qissa) haqida ajoyib she'r yoki hikoyalarni www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLARda miriqib o'qishingiz mumkin

Ushbu saxifada O'lgisi kelgan odam (Detektiv qissa) haqida juda ajoyib she'rlarni o'qishingiz mumkin bo'ladi ajoyib hikoyalar, tasirli voqealar va she'rlarni bizning saytda o'qing DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR bo'limida yana bir qancha ajoyib hikoyalar, qiziqarli va manoli aforizmlar yoki she'rlarni maroq bilan o'qing
Bizning saytda xar kuni bir biridan qiziqarli manoli tasirli hikoyalar, she'rlar, va aforizmlar ni o'qishingiz mumkin bo'ladi
yana bizning saytda O'lgisi kelgan odam (Detektiv qissa) dan tashqari yana DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR Haqida ham ajoyib maqolalar (www.Sherlar.Net - AFORIZM VA STATUSLAR) saytida birinchi bo'lib e'tiboringizga havola etiladi
Bizdan yiroqlashmang zero biz sizlar uchun doim xizmatdamiz xurmat bilan She'rlar Group

Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Четверг 26-Декабря-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz