Kerakli mahsulotlar:
3 osh qoshiq guruch uni
2 choy qoshiq asal
1 choy qoshiq qaymoq
1. Barcha mahsulotlarni bir maromga kelguncha aralashtiring. Niqobni yuzga, bo`yinga va ko`krak ustiga surting. 30 daqiqa ushlab turing, so`ng yaxshilab suvda yuvib tashlang. Mineral suvda yuvsangiz, undan ham yaxshi.
2. Bu niqobni har 7 kunda bir marta qilish tavsiya etiladi. Niqobning qulayligi — barcha yuz turlari uchun mos.
3. Guruch uni yuzni oziqlantiradi, UF nurlardan himoya qiladi va ajinlar paydo bo`lishining oldini oladi. Uy sharoitida guruch va uning unidan tayyorlangan niqoblar yuz terisini tortib, silliqlashtiradi.
|