Lourens Milliy Laboratoriyasi olimlari sun’iy yuraklar faoliyatini muntazam kuzatib borish va kerakli paytda muolaja qilish uchun unga mikrochip o‘rnatishga erishishdi...
Bu avval hayvonlarda sinab ko‘rildi. Nihoyat, uch oylik sinov muvaffaqiyatli yakunlangach, mazkur olamshumul ixtiro OAV orqali e’lon qilindi. Sun’iy yurakka o‘rnatilgan mikrochip yurakda sodir bo‘layotgan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar haqida tinimsiz ma’lumot berib turadi. Mikrochip xavfsiz bo‘lib, foydalanuvchida hech qanday noxush holatlarni keltirib chiqarmaydi va uning xavfsizligiga olimlar 100 foiz kafolat berishmoqda.
Iyul oyining boshlaridan boshlab mazkur mikrochipni sun’iy yurak bilan birga bemorlarga qo‘yish boshlanadi, deb aytishmoqda tadqiqot yetakchilari.
Manba: Zamin.uz
|