Zarur masalliqlar: 1 bosh karam, 500 ml. suv, 300 gr. mol go‘shti qiymasi, 200 ml. smetana, 150 gr. guruch, 1 bosh piyoz, 1 dona sabzi, 5 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 osh qoshiq tomat, qizil va qora murch, tuz, ko‘katlar.
Tayyorlanishi: 1. Piyozni maydalab to‘g‘rab, yarmini qiymaga qo‘shing. Guruchni ham solib, tuz, murch seping.
2. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida piyoz va mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazilgan sabzini 3 daqiqa qovuring. Keyin tomatni solib, yana 5 daqiqa past olovda dimlang.
3. Qaylaga suv va smetana qo‘shib, bir marta qaynagach, olovdan oling.
4. Karam barglarini ajratib, har birining ichiga qiymadan solib, o‘rang. Toblama qolipiga karamli do‘lmalarni bir qator qilib tering. Ustidan sabzili qaylani quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi. Pishgach yuziga ko‘katlardan sepasiz.
1 soatu 20 daqiqa
5 kishilik
Manba: Ayol.uz
|