AVVALO, 2,5–3 litr suvga 1–1,5 osh qoshiq quritilgan o`simliklar (yuz teringiz quruq bo`lsa, moychechak yoki mavrak, yog`li bo`lsa, jo`ka yoki yalpiz)dan solib, qaynatasiz. Keyin suv bug`iga yuzingizni tutasiz. Faqat bunda ko`z atrofiga yog`liroq krem surtib olishni unutmang. Bosh atrofini esa sochiq bilan o`rab oling. 10 daqiqadan so`ng sochiqcha bilan yuz terisini arting. Ana endi piling niqobini surtsangiz ham bo`ladi.
Shakarli...
Sovun ko`pigini yuz teringizga surting. So`ngra barmoqlaringizni shakarga botirib, yuzingizni 2 daqiqa massaj qiling-da, iliq suv bilan yuving.
Bodring+suli yormasi
Bodringni po`stidan tozalab, mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing. Sharbatini ajratib oling. Bodring qiridinsiga suli yormasini qo`shib, yaxshilab ezing. Keyin 1 choy qoshiq dengiz tuzi va bodring sharbatidan soling. Engil massaj harakatlari bilan yuzingizga surting. Niqobni 10 daqiqa yuzda qoldirgach, iliq suv bilan yuzlaringizni chaying.
Iste`mol sodasi bilan
Yuz terisiga sovun ko`pigini surtib, keyin iste`mol sodasi bilan massaj qiling-da, darrov yuving. Iste`mol sodasi yuz terisida ko`p qolib ketmasligi kerak.
Guruch+tvorog+zaytun yog`i
1 osh qoshiq guruch uni yoki guruchni qahvamaydalagichda ezib, xuddi shuncha miqdordagi zaytun yog`i bilan aralashtiring. Keyin 1,5 osh qoshiq tvorogga aralashmani qo`shing. Nam yuz terisiga surting va albatta, massaj qiling. 5 daqiqadan so`ng iliq suvda yuving.
|