San-Fransiskodagi Kaliforniya hamda Devis universitetining bir guruh olimlari ketoparhez miya faoliyatini yaxshilashi va umrni uzaytirishini aniqladi.
Mutaxassislar turli guruhlarga ajratilgan kemiruvchilarni ketoparhez usulida boqishdi. Tajribada mobaynida ketoparhez saqlagan qari sichqonlar yosh sichqonlarga qaraganda puxta xotirasi bilan ajralib turardi. Parhezkor qari sichqonlar labirintda qiynalmay yo‘l topdi va boshqa masalalarni ham osonlikcha hal qildi. Bundan tashqari ularning orasida o‘lim ham sezilarli darajada kamaydi.
Ketoparhez saqlaganda uglevodlar yog‘ va oqsil o‘rnini egallaydi, bu organizmni energiya manbasi sifatida glyukozadan emas, yog‘ kislotalari va ketonlardan foydalanishga undaydi. Shu tariqa ketoparhez miya hujayralarini “energiya tejash” rejimiga o‘tkazadi, natijada hujayralar qarishi sekinlashadi.
Xo‘sh, ko‘pchilikka notanish bo‘lgan ketoparhez atamasi o‘zi qanday bo‘ladi? Nima yeyish mumkinu, nimani yemaslik kerak? Xavotirga o‘rin yo‘q – sizni qimmat yoki noodatiy mahsulotlarni iste’mol qilishga majburlamaymiz.
Ketoparhezda iste’mol qilinadigan mahsulotlarning o‘zigina emas, ularning miqdori ham ahamiyatlidir. Uglevodlar tanovulini butunlay to‘xtatish kerak emas, juda kam miqdorda yeyish kerak. Eng maqbuli bir sutkada 50 gramm uglevod iste’mol qilishdir, bu mushaklar va miya uchun yetarli.
Ketoparhezda zarur mahsulotlar ro‘yxati
- Parranda va hayvon go‘shti
- Baliq (yog‘lisi ham)
- Tvorog
- Tuxum
- Pishloq
- Yong‘oqlar
- Sabzavotlar (hammasi emas)
- Sut
Aytish lozimki, sabzavotlar tarkibida uglevod kam. Shuning uchun ularning umumiy kaloriyasini hisobga olish zarur (bir sutkada 50 grammdan oshmasligi lozim). Masalan, turli ko‘katlar ketoparhezga juda mos, chunki tarkibida uglevod o‘ta kam.
Go‘sht va sut mahsulotlarini yetarlicha iste’mol qilish mumkin. Go‘shtlardan eng yaxshisi kurka va tovuq go‘shtidir. Baliqlardan lososь va selьdь yeyish kerak.
Ketoparhezda quyidagi mahsulotlar iste’moli qat’iyan taqiqlanadi
- Yormalar
- Uzum
- Banan
- Yopib pishirilgan yemaklar
- Lavlagi
- Sabzi
- Kartoshka
- Makaron
- Shakar
Manba: Ayol.uz
|