50 yoshli tailandlik erkak Fazian Eyemik yuzida paydo bo`lgan yirik o`smatufayli ko`rishga va ovqatlanishga qiynalmoqda. Erkakning oila a`zolari uning operasiyasiga pul yig`ishmoqda.
Mazkur o`simta erkakning burnidagi sinusit tufayli yuzaga kelgan. Fazianni davolash uchun amalga oshiriladiagn jarrohlik amaliyoti 2000 dollar evaziga qilinadi.
Erkakning yuzidagi o`smaning diametri 10 santimetrni tashkil etadi. Shuning uchun ham Eyemik hozirda trubka yordamida oziqlanmoqda. Bundan tashqari, Eyemik o`simta tufayli ko`p miqdorda morfin qabul qilmoqda. Erkakning rafiqasi hozirda ishdan bo`shab, unga g`amxo`rlik qilmoqda.
“Fazian sog`lom paytida bor kuch-quvvatini bizga sarflagan edi. Endi mening navbatim keldi", — deydi kasalning rafiqasi Malay.
Manba: Darakchi.uz
|