Avvalgi 13-qismni o'qish >>
Hurmatli saytimiz muxlislari. Serialni voqealar rivojini yozish jarayonida kamchilik va anglashilmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Buning uchun taxririyatimiz nomidan uzr so'rab qolamiz. Do'stlaringizni ham saytimizga taklif eting!
Emir va boshqa xodimlar ofisda yig'ilishadi. Emir jazmaniga kechga vaqti bo'shligini aytadi. Onder esa buni kuzatib jaxli chiqadi. Tufan bir reja bilan tanishtirmoqchi bo'lganida, Onder dori ichib olishi kerakligini, dori xonasida qolib ketganini aytib chiqib ketadi.
Emir esa unga shubxali qarab qoladi. Onder tezda Emirning xonasiga kiradi. U yerda hujjatlar va ma'lumotlarni titkilay boshlaydi. So'ng, Kemal va Leylaning sur'atlarini topib oladi. Emir esa bezovtalana boshlaydi. So'ng u ham xonadan chiqib ketadi. Onder esa Emirning kompyuterini titkilashga tushadi. Emir esa asta xonaga yaqinlashayotgan edi.
U xonani eshigini ochishi bilan Onder hech nima bo'lmaganday Emirga yuzlanadi. Emir atrofga nazar tashlaydi. Onder xonadan chiqib ketadi. Vildan esa Galip bilan Emir to'g'risida gaplashishadi. Emir ularga bosim o'tkazayotganini aytadi. Galip esa chora ko'rishini aytadi.
Nihan jamoasi bilan ishlashayotsa, Asu ularning yoniga keladi. Asu Nihanga devor bo'yoqi uchun yashil rang to'g'ri kelmasligini aytib, qizilni tanlaydi. Bu esa Nihanga yoqmaydi.
So'ng Kemal keladi. Emir esa Tufanga Kemalga qo'ng'iroq qilishini aytadi. Tufan Kemalga qo'ng'iroq qilib reja haqida gaplashib olishadi. Kemal borishga rozi bo'ladi. Kemal ketgach, Asu yana qizil rangda bo'lishini Nihanga aytadi.
Zeynep xonada o'ziga oro berayotsa, Ozandan SMS keladi.
Kotiba Tufanga Janob Kemal kelganini aytadi. Shu payt Onder chiqib qoladi va Kemal bilan endi oralarida hech qanday bog'liqlik yo'qligini aytadi.
Tufan keladi va Kemalni ichkariga boshlaydi. Shu payt Emir hozir bandligini aytib, atayin Kemalga ko'rsatib eshikni yopadi. Ichkariga qaragan Kemal hayratga tushadi. Chunki uning akasi Tarik Emirning soch-soqolini olayotgan edi. Kemal yana yo'lida davom etadi.
Emir Tarikga tashakkur aytib, xonadan chiqib ketadi. Tufan kirib, Emirning ataganini Tarikga beradi. Tarik hursand bo'lganicha ketadi.
Kemal ichkarida Emirni kutardi. Emir keladi va Kemalga sovg'asi borligini aytadi. Kemal esa akasi Tarikni bu yerda ko'rganini aytadi.
Emir: - Siz mening oilam bilan ishlashni yaxshi ko'ryapsiz. Men esa sizning oilangiz bilan. - deydi.
Emir Kemaldan nima uchun sovg'ani nimaligini so'ramayotganini aytadi. Kemal esa bu u uchun qiziqarli emasligini bildiradi. Ular gaplashib bo'lgach, Kemal ketishi kerakligini aytib, xonadan chiqib ketadi.
Zeynep esa Ozan bilan ko'rishgani kelayotib, yo'lda o'ziga atir sepib oladi. O'ziga biroz qarab, ichkariga kiradi. Ozan uni kutib turgan edi.
Kemal dadasiga qo'ng'iroq qiladi:
- Dada akamni biror joyga ish yuzasidan yuborganmidingiz?
Xuseyn: - Yo'q. Uyga borishini aytganman.
So'ng, Kemal Asu bilan gaplashadi. Asu atayin Nihanning yonida Kemal bilan gaplashadi. Bundan Nihanning jaxli chiqadi.
Ozan Zeynep bilan gaplashib o'tirishsa, Zeynep ko'rishish uchun vaqt ozligini aytadi.
Zeynep: - Sizda mashina bormi? Mashinada meni yonimga borardingiz. Shunda ko'rishishga yana ham ko'p vaqtimiz bo'lardi.
Ozan: - Mashina bor. Siz manzil va qaysi vaqtligini aytsangiz, men albatta boraman.
Zeynep: - Ajoyib.
Ozan: - juda ham ajoyib.
Ular hayrlashishadi va Zeynep ketadi.
Emir xonada jazmani bilan gaplashib tursa, Galip keladi va nima uchun Vildan va Onderga taxdid qilayotganini so'raydi.
Emir: - Dada men shunchaki yolg'on ishlatayapman.
Galip: - Baribir ehtiyot bo'l. Bugungi yolg'oning ertaga rostga aylanmasin. Men Vildanga so'z berganman. Vildan bu haqida Emirga aytmang dedi.
Emir: - Kelishdik.
Galip chiqib ketgach, Emir stolga qo'li bilan bir uradi.
Emirga yana kimdir qo'ng'iroq qiladi va pochtani olganini so'raydi. Emir kayfiyati yo'q holatda mashinani o'zi minib ketadi.
Fehime uyida Asu va Kemalni kutib ko'chaga qarab turadi:
- Xuseyn ular kelishdi.
Asu va Kemal uyga kirib kelishadi. Ortidan Zeynep shosha pisha keladi. Kemal esa Zeynepni qayerdan kelayotganini so'raydi.
So'ng uyga kirishadi. Kemal dadasidan akasi haliyam nega kelmaganini so'raydi.
Emir yana bankka borib, fleshkalar turgan javonni ochadi va pochta bo'lib kelgan fleshkani ularning orasiga qo'shib qo'yadi.
Asu yuvinish xonasida qo'lini yuvadi. U yerdagi sovun va boshqa narsalarga ko'z yugurtiradi va Kemalning atirini ko'rib qoladi. So'ng uni hidlaydi.
Tarik oilasiga sovg'a ko'targancha uyga keladi. Fehime eshikni ochadi.
Tarik: - Soyderelar oilasi.
Fehime: - Sekinroq. Biznikida mehmon bor.
Tarik: - Kim?
Asu ularning yoniga keladi.
Tarik: - Xush kelibsiz Asu xonim.
Asu: - Siz ham hush kelibsiz Janob Tarik.
Tarik sovg'a olib kelganini aytadi. Zeynep esa hursand bo'ladi. Lekin negadir Kemalning kayfiyati yo'q edi. Tarik Asuni kelishini bilmagani uchun unga sovg'a sotib ololmaganini aytadi va sovg'alarni tarqata boshlaydi.
Avval dadasiga, keyin oyisiga undan keyin Zeynepga sovg'ani beradi va Kemalga ham sovg'ani uzatadi. Kemal sovg'ani xushlamay oladi. Ular ovqatlangani boshqa xonaga chiqib ketishayotganida dadasi Tarikka "Aqlli o'g'il" deb maqtab qo'yadi. Tarik bundan hursand bo'ladi.
Kechki ovqat.
Emir Nihandan Kemal haqida so'raydi. U qo'ng'iroq qilganda Kemal bilan rang tanlashishayotganini aytadi. Vildan Afsonaga qaxva keltirishini so'raydi. Emir esa dadasi bilan ichkariga kirib ketishadi. Onder esa qizi Nihan bilan gaplashmoqchi bo'ladi va uni xonasiga olib kirib ketadi.
Kemal Tarikka kesatiq gaplar qiladi. Tarik ham yana Kemalni g'ashiga tegib Asuni oldida hijolat qiladi.
Onder xonasida Nihanga bir konvertni ko'rsatadi va ushbu konvertdagi narsa unga barchasi uchun javob izlashda yordam berishini aytadi. Shu payt xonaga Emir kirib keladi. Onder konvertni qo'lida ushlagancha Emirga qaraydi. Emir ham Onderning qo'lidagi konvertga qaraydi. Onder Nihan bilan shaxsiy gapi borligini va yolg'iz gaplashib olishini aytadi. Nihan dadasining qo'lidagi konvertni olmoqchi bo'lganida Onder uni bermaydi. Nihan esa baribir konvertni oladi. Endi ochmoqchi bo'lganida Emir uni to'xtatib qoladi va konvertni olib qo'yadi. Onder bilan gaplashmoqchiligini aytadi. Nihan esa xonadan chiqib ketadi.
Emir Onder uning shaxsiy xonasiga kirganini eslatadi. So'ng, u yerdan nima olganini bilganini aytadi va konvertdagi rasmlarni oladi. Onder yana ilojsiz qoladi.
Asu Fehime xonim bilan gaplashayotganda Emir Ko'zchio'g'luning xotini Nihan Kemalning ofisida devor bo'yoqchisi bo'lib ishlayotganini aytadi.
Nihan ota-onasidan nima uchun Ozan yolg'iz o'tirganini so'raydi va uning yoniga boradi. Ozandan nega xomush o'tirganini so'raydi. Ozan esa hech narsaga ruhsat bermayotganlari uchun hafa ekanligini aytadi. Ozan sevib qolganini aytadi.
Shu payt ularning yoniga Emir keladi. Nihan esa ketadi.
Emir: - Nima uchun mendan o'zingni olib qochasan - deydi.
So'ng Ozan bilan gaplashib o'tirishadi. So'ng Ozanning qo'lidagi tumorchani ko'rib hayron bo'ladi:
- Sen sevib qoldingmi?
Ozan biroz dovdiraydi.
- Qiz bola sovg'a qildimi? Qani ko'raychi?
Ozan: - Men buni do'kondan sotib oldim - deydi.
Ozan endi turib ketmoqchi bo'lganida Emir uni yelkasidan ushlaydi va Ozanga qaraydi. Ozan biroz jim turib kulvoradi:
- Bu qiz boshqacha. Men uni birinchi bor ko'rganimda nimanidir sezdim. Men uni sur'atxonada ko'rdim. U uchrashishimizni aytdi. Men bilan mashinanm bo'lsa ko'rishishini aytdi. Men unga yo'q deya olmadim. Lekin mashinam yo'qligini qanday aytaman.
Emir: - Qani buni menga berchi.
Emir Ozandan tumorchani oladi va cho'ntagidan mashinani kalitini olib birga qo'shib beradi. Ozan esa hursand bo'ladi...
DAVOMI BOR...
Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.
|