Samarqand viloyati Samarqand viloyati respublikada birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan.
Aholi soni—2014 yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni 3 million 444 ming 800 kishi.Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda.
Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Goʻzalkent, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand. Toyloq, Urgut, Chelak va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 11 ta (Samarqand, Bulungʻur, Jomboy, Juma, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Nurobod, Oqtosh, Payariq, Urgut, Chelak).
Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924 — 1930 yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.
|