Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida erkak 23 yoshli turmush o‘rtog‘ining ikki qulog‘ini kesib tashladi.
Ayni damda kasalxonada bo‘lgan ayol 13 yoshida turmushga chiqqani va unda turmush o‘rtog‘i bilan hech qachon yaxshi munosabat bo‘lmaganini aytib o‘tdi. U ayolni doimo rashk qilgan. Erkak rafiqasi hattoki ota-onasining uyiga borganida ham rashk qilgan.
Erkak hujumdan so‘ng uydan qochib ketdi. U hozir qidiruvda.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Afg‘oniston parlamenti ayollar va bolalarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida qonunlar qabul qilgan. Biroq avvalgi prezident Hamid Karzay ham, davlatning amaldagi yetakchisi Ashraf G’ani ham bu qonunlarga imzo chekmagan.
Kun.uz
|