Daniyada 42 yoshli fuqaro uyining hovlisida Qur’oni Karimni yoqib, bu ishini videotasvirga tushirgan va 2015 yilning dekabrida internetda tarqatgan, deb yozadihilol.uz sayti.
Ismi oshkor etilmayotgan shaxsga Daniya Jinoyat kodeksining 140-moddasiga binoan dinni tahqirlash aybi qo‘yilgan.
U Qur’onning yoqilishi tasvirlangan videoni Feysbukdagi “Erkinlikka – ha! Islomga – yo‘q!” (Ja Til Frihed, Nej Til Islam) deb ataluvchi guruhda e’lon qilgan.
Mamlakat Jinoyat kodeksining 140-moddasiga ko‘ra aybdor 4 oyga qamalishi kerak, ammo mazkur ishda Qur’onni yoqqan shaxsni jarimaga tortish so‘ralyapti.
Bu Daniya tarixida 1938 yildan beri dinni tahqirlash bilan bog‘liq ko‘rib chiqilayotgan to‘rtinchi jinoiy ishdir.
Manba: Mulohaza.uz
|