Juftingiz bilan birga pishiring!
Zarur masalliqlar: 600 gr. tovuq go‘shti (suyaksiz), 3 osh qoshiqdan ketchup va soya sousi, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq kunjut yog‘i, ziravorlar, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Ketchupga soya sousini soling. Kujut yog‘i, qora murch va ziravorlarni ham qo‘shing. Tuz shartmas.
2. Sarimsoqpiyozni yaxshilab ezib, aralashmaga solasiz-da, aralashtirasiz.
3. Tovuq go‘shtini uzunasiga o‘rtacha qalinlikda to‘g‘raysiz.
4. Tovuq go‘shti ustiga marinadni soling. Kamida yarim soat marinadlab qo‘ying.
5. Marinadlangan go‘shtni sixlarga tortib, kabob qo‘rasida yoki gaz pechida pishirib oling.
4 kishilik
1 soatu 35 daqiqa
Manba: Darakchi.uz
|