Вверх
Воскресенье, 24-Ноября-2024, 02:13
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 338
Статистика
Главная » 2017 » Февраль » 1 » ​Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o‘rganing!
Рекомендуемы
00:34
​Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o‘rganing!

Tartibsizlik birinchi galda vaqtni isrof etadi. Bitta kiyimingizni topishga qancha daqiqa sarflashingizni hisoblang! Vaqtingizga achinayapsizmi? Ha, har bir soniyangizni o‘zlashtira bilsangiz, ishingizda ham, fikringizda ham tartib hukmron bo‘ladi…

Kun bo‘yi g‘ildirakdagi olmaxondek u yoqdan-bu yoqqa yugurasiz. Ishdan qaytgandan so‘ng issiq hammom va yumshoq karavotingizni qo‘msaysiz. Uy tozalash yoki pishir-kuydir kabi yumushlarni bajarish esa umuman yoqmaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

1. Soniyali vazifa. Qimmatli vaqtingizni qadrlashni o‘rganing! Doira shaklini chizing, bu — “vaqt pirogi”! U butun umr, bir yil yoki bir sutkaning ramzi bo‘lsin. Mazkur pirogdan 8 soat uxlashga, yana 8 soat ishga va yo‘l uchun ham ozgina “kesib” oling… Yana bir nechta bo‘laklar qoldimi? Ularni qanday taqsimlash lozim?

— Yon daftarchangizga bir necha hafta davomida nima bilan shug‘ullanganingiz va bunga qancha vaqt ketganini belgilang. Vaqtingizni nimalarga sarflaganingiz aniqlangandir?

Endi “iqtisod” qilishni o‘ylang. Kompьyuter yoki televizor oldida kamroq o‘tirsangiz, uy tozalashga yarim soat vaqt tejaysiz.

2. Rad etish. Televizor va kompьyuter masalasida vaqt tejash mumkindir, ammo dugonangiz do‘kon yoki go‘zallik saloniga birga borishni iltimos qilsa, buni rad etish shunchalar qiyinki…

— Kunlik rejangizga kirmaydigan ishlarga bosh qo‘shmang.

Sababini tushuntirmasdan tezda rad eting. Agar dugonangizga tushuntirib, turli bahonalar qidirsangiz, u baribir sizni ko‘ndirishga harakat qiladi.

3. Yo‘l-yo‘lakay. Ishingiz qor parchasidek ko‘payib ketib, kiyimingizni dazmollash, rasm chiqarish yoki mushugingizga ovqat berish yodingizdan ko‘tarildimi? Kuyib-pishishni bas qiling. Ishingizni tartibli rejalashtirishni o‘rganing!

— Kundalikka yoki qo‘l telefoningizga “eslatmalar” yozib oling.

Yuviladigan yoki ta’mirtalab narsalarni paketga solib, ko‘rinadigan joyga, ya’ni yo‘lakchaga qo‘ying. Unga qoqinaverishdan bezor bo‘lgach, qolib ketgan ishingizni axiyri bajarasiz.

4. Tez-tez… Bu oson! Ma’lumki, ozodalikni o‘rnatish emas, saqlash kerak. Siz bu qoidaga rioya qilasizmi?

— Kiyimlaringizni har tomonga tashlamasdan, o‘z vaqtida joy-joyiga qo‘yishni odat qiling. Yuviqsiz idishlarni to‘plamang!

Eng ma’quli, bir kunda o‘n besh daqiqaga uy yumushlariga vaqt ajrating, bu bir oyda bir necha soat uy tozalashdan ko‘ra ancha qulay. Bugun changni arting, ertaga polni, keyin esa changyutgichda gilamlaringizni tozalang.

5. Boylik orttirish. Qanday ajoyib tufli! Ularni sotib olmaslikning iloji yo‘q. Shunga o‘xshash bir nechta oyoq kiyimlar garderobingizda bor, lekin ularni deyarli kiymaysiz…

— Nimadir sotib olishdan oldin uni qaysi kiyimingiz bilan kiyish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Agar siz uchun juda kerak bo‘lsa, hech o‘ylanmasdan sotib oling.

Uyni bezash uchun kichik tuvak yoki haykalchalarni hxarid qilmang. Bu buyumlar uyingizni bezamaydi, balki ivirsitib yuboradi.

6. Tezlik starti. Erta tongdan ishga nima kiyishni bilmay bosh qotirayapsizmi? Muammoni hal qilishning yo‘li oddiy: kechqurun kiyimingizni tayyorlab qo‘ying va qoida bo‘yicha kir buyumlarni kir yuvish mashinasiga soling. Liboslar oldindan dazmollab qo‘yilishi kerakligini unutmang.

— Umuman olganda, tinib-tinchimaydigan, ish bilan band ayollar garderobida dazmol talab qiladigan liboslarning bo‘lishi shart emas!

Taqinchoqlaringi: zanjir yoki uzun marjonlar o‘ralashib ketmasligi uchun ilgichga ilib qo‘ying (ilgichni shkaf ichiga qoqsangiz ham bo‘ladi). Bu tayyorgarlik uchun ozgina vaqt ketadi, lekin ertalab kiyimingizni qidirib asabiylashmaysiz va ishga o‘z vaqtida borasiz!


Категория: FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR | Просмотров: 3089 | Добавил: admin | Теги: vaqt qadri, vaqtni uzaytirish, vaqtni tehash usullari, vaqtni qadrlash, vaqt haqida malumotlar, vaqtni qadriga yetish, Vaqt, vaqt soat | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Воскресенье 24-Ноября-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Февраль 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz