AQSh Illinoys shtati Vayoming shaharchasi o‘t o‘chiruvchilariga yonayotgan uy haqida xabar kelgan. Ular manzilga yetib borganlarida esa uy deyarli yonib bo‘lgan edi. Alanga o‘chirildi, uy egalari ko‘rinmayotgani fojiadan darak berib turardi, biroq kutilmaganda deraza tomondagi uy qoldiqlari tagidan chaqaloq ovozi eshitilib qoldi. Qutqaruvchilar shoshgancha chaqaloqni topishga muvaffaq bo‘ldilar. Deyarli jarohat olmagan chaqaloqni ko‘rgan guvohlar va qutqaruvchilar ham hayron qoldilar, ham ich-ichlaridan shodlandilar.
Keyinroq uy egalarining shaxsi tiklanib ular yong‘inda halok bo‘lganliklari ma’lum bo‘ldi. 21 yoshli Shelbi Enn Kartor yaqindagina onalik baxtiga musharraf bo‘lgan uning qizi dunyo yuzini ko‘rganiga atigi 12 kun bo‘lgan edi.
Shelbinining yaqinlari ham u qizini dunyoga kelishini intiqlik bilan kutganini ta’kidlashgan.
Balki u o‘limini oldindan sezgandir, qizini dunyoga keltirishga ulgurishni istagandir….
Yong‘in sodir bo‘lgan hududda uylar juda siyrak joylashgan, yong‘in qanday yuzaga kelgani hali noma’lum, uy egalari yong‘in boshlanish vaqtida o‘t o‘chirish xodimlarini chaqira olmaganlari ham…
Lekin Shelbining o‘z qizini qutqarishga ulgurgani onalarga xos jasorat edi! U chaqaloqni bolalar o‘rindig‘iga mahkamlab yuqori qavat derazasidan tashqariga uloqtirgan. Shunday daqiqada ham farzandini qutqarish yo‘lini topgan. Axir u ham ona edi… Onalar qanchalar buyuk zot!!!
Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.
Manba: Mulohaza.uz
|