Markaziy Italiyada 4,2 magnitudali zilzila ro`y berdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Seysmologlar mahalliy vaqt bilan soat 04:13 da er osti silkinishini qayd etishdi. Bu haqda Italiya (Ingv) vulkanilogiya va geofizika Milliy instituti xabar qildi.
Zilzila epimarkazi Akvil, Rieti va Teramo provinsiyalari chegarasida 14 kilometr chuqurlikda joylashgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q.
O`tgan yilning 24 avgustida Amatriche shahri yaqinida ro`y bergan zilzila oqibatida shahar butunlay vayron bo`lgan edi. O`shanda tabiiy ofat oqibatida 298 nafar odam halok bo`lgan, yuzlab odamlar tan jarohati olgan, uch mingdan ortiq aholi boshpanasiz qolgandi.
Manba: Darakchi.uz
|