So‘nggi uch oy davomida teridagi dog‘lar, sepkil va ajinlar haqidagi murojaatlar yig‘ilib qoldi. Afsuski, ularga javob berishning imkoni bo‘lmadi. Chunki quyoshning otash nurlari qo‘llarimizni “bog‘lab” qo‘ygandi-da. Ulьtrabinafsha nurlari biroz chekingan oltin faslning ilk kunlaridanoq kuzgi kosmetologik muolajalar to‘g‘risida ma’lumot berishga shoshildik. Foydalanishingiz uchun qulay bo‘lishini o‘ylab, tajribali kosmetolog Mahbuba MAMANOVA bilan birgalikda maxsus taqvim tuzdik.
1-15 SENTYaBRЬ — TERINI TOZALANG
Ma’lumingizkim, teri bilan bog‘liq har bir amaliyot tozalashdan boshlanadi. Keraksiz xujayralardan holi, toza terigagina niqoblaru, kremlar yaxshi singadi. Shuning uchun birinchi bekatni «tozalash» deb nomladik. Bu amaliyotning ham bir nech xil: oddiy (teridagi tiqinlar qo‘l bilan siqib tashlanadigan), mexanik, vakuumli, ulьtratovushli va lazerli turlari mavjud. Keling, bugun amaliyotning mexanik turiga to‘htalamiz.
Ko‘rsatmalar: yog‘li va aralash turdagi teriga, shuningdek husnbuzarlarda tavsiya etiladi.
Muolaja qanday kechadi? Avval yuzga tarkibida antiseptik komponentlar bo‘lgan vosita surtiladi. Biroz qurigach, 3 foizli vodorod peroksidi bilan artiladi va maxsus naysimon o‘rtasi teshik “qoshiqcha” bilan teridagi yog‘lar siqib tashlanadi. Yakunida terini dizinfeksiya qiluvchi va kataklarni toraytiruvchi maxsus niqob surtiladi.
Qarshi ko‘rsatmalari: yallig‘lanishlar, yaralar, allergiya.
Davomiyligi: har 6 oyda bir marta o‘tkazish mumkin.
15-30 SENTYaBRЬ — TERINI YuMShATING
Endigi vazifamiz issiq harorat tufayli dag‘allashgan terini yumshatib, kuzgi ob-havo injiqliklariga tayyorlash. Buning uchun go‘zallik salonlari gidrodermiya muolajasini taklif etmoqda.
Ko‘rsatmalar: qurib borayotgan, ko‘z atrofida qopchalar paydo bo‘la boshlagan, mushaklar tonusini yo‘qotgan, yog‘li yuz terisi uchun tavsiya etiladi.
Muolaja qanday kechadi? Avval yengil piling yordamida teri tozalanadi. So‘ng kosmetolog tomonidan tanlangan gelь maxsus apparat ta’sirida uqalovchi harakatlar bilan teriga singdiriladi. Teri huddi gelь tarkibidagi foydali moddalarni singdirib oladi. Ikkinchi bosqichda esa o‘zgaruvchi tok bilan uqalanadi. Shunda foydali moddalar yaxshiroq singadi-da.
Muolaja 10 seansdan iborat bo‘lib, haftada 1-3 marta o‘tkazish mumkin.
Qarshi ko‘rsatmalari: gerpes, teri yallig‘lanishi, allergiya.
1 – 15 OKTYaBRЬ — GO‘ZALLIK IGNALARI XIZMATINGIZDA
Oh, bu ignali muolajalar. Bilsangiz ularning ham 10 dan ortiq turlari bor. Filler — yuz konturini o‘zgartiradi, botoks — mayda ajinlarga qarshi kurashadi, mezoterapiya — terini vitamin va minerallar bilan oziqlantiradi, biorevitatsiya — kollagen ishlab chiqarilishini jadallashtirib, terini taranglashtiradi, pigment dog‘lar, toshmalar va ajinlarni bartaraf etadi.
Amaliyot qanday kechadi? Barcha ignali muolajalardan avval yuz tozalanib, og‘riqni kamaytiruvchi vosita bilan ishlov beriladi.
Mezoterapiya — butun yuz bo‘ylab oz-ozdan in’yeksiya yuboriladi. Ukolllar yakunlangach, maxsus zardob surtiladi. Mezoterapiya seansi 6-10 martadan iborat bo‘lib, haftasiga 1 bor qo‘llash mumkin.
Botoks — preparat ajinlarni keltirib chiqaruvchi mushaklarga yuboriladi. Yiliga 2 marta bajarish mumkin.
Fillerlar — bu ham ajinlarga qarshi kurashuvchi ukol bo‘lib, chiziq tushgan teri ostini gelli massa bilan to‘ldirish hisobiga ajinlarni sezdirmaydi. Ta’siri 4-6 oy davomida saqlanib qoladi.
Biorevitatsiya — gialuron kislotasi va vitaminli kokteylь teri ostiga igna yordamida yuboriladi. Haftasiga 1-2 martadan 4 seans amalga oshirilishi lozim.
16-31 OKTYaBRЬ — PILINGLAR SALTANATIGA XUSh KELIBSIZ!
Kuzning eng asosiy kosmetologik muolajasi pilling uchun oktyabrning ikkinchi yarmi ayni muddao. U oftob ta’sirida qurib, dag‘allashgan terining ma’lum qatlamidan xalos qilib, yuzingizga yanada sog‘lom ko‘rinish baxsh etadi. Turli dog‘lar va sepkillarni ham ketkazish xususiyatiga ega. Hozirgi kunda mutaxassislar pilingning mexanik, lazerli va kimyoviy turlarini taklif etishmoqda.
Muolaja qanday kechadi?
Kimyoviy piling — 3 xil: yuzaki, o‘rta va chuqur bo‘lishi mumkin. Qay birini tanlashni muammoning turiga qarab mutaxassis belgilaydi. Demak kimyoviy moddalardan birini yuzga surtib, terining yuqori qavati kuydiriladi. Tahminan yetti kun davomida kuygan teri to‘kilib, ostidagi yangi va chiroyli teri namoyon bo‘la boshlaydi.
Mexanik piling — upani eslatuvchi maxsus kukun yuzga changyutkichga o‘xshash apparat yordamida sepiladi va shu onning o‘zidayoq bosim ostida yig‘ib olinadi. Kukun bilan birga teridagi xizmatini o‘tab bo‘lgan hujayralar ham chiqib keladi.
Lazerli piling — lazer nurlari yordamida yuz terisi tozalab chiqiladi. Odatda teridagi muammoni boshqa kosmetologik muolajalar bartaraf etishga qodir bo‘lmay qolgan hollardagina tavsiya etiladi.
1-15 NOYaBRЬ — AJINLARDAN XALOS BO‘LAMIZ
Ajinlardan xalos bo‘lishning ham bir qancha sinalga usullari mavjud.
Ozon terapiyasi — terini yoshartirishning bu usulida kislorod va ozon gazlari qorishmasi teri ostiga yuboriladi. Olimlarning ta’kidlashicha, ozon gazi kuchli oksidlovchi modda bo‘lib, uning ta’sirida hujayralar jadalroq ajrala boshlaydi. Shuningdek teriga kislorod yaxshi yetib borishi hisobiga yosharadi.
Muolajani 8-10 marta, haftada 1-2 bor amalga oshirish mumkin.
Fototerapiya — ajin tushgan teri sohasiga gelь surtilib maxsus apparat yordamida ishlov beriladi. Turli uzunlikdagi nurlar chuqur qatlamlarga ta’sir o‘tkazib, kallogen ishlab chiqarilishini yaxshilaydi va terining elastikligini oshiradi. Natijani esa olti oydan keyin ko‘rishingiz mumkin. Amaliyot haftasiga 1 martadan, 4-6 bor o‘tkazilishi mumkin.
Termaj — bu ham apparatli kosmetologiya turiga mansub muolajalardan biri bo‘lib, radioto‘lqinlar ta’sirida to‘qimalar qiziydi va yuzning elastikligi uchun javobgar kollagen to‘qimalari tortilib, zichlashadi. Natija yarim yildan keyin namoyon bo‘la boshlaydi.
15-30 NOYaBRЬ — LAZERLI SAYQALLASh (ShLIFOVKA)
Asosan chandiq va choklardan xalos bo‘lish uchun tavsiya etiladi. Shuningdek, xusnbuzarlardan qolgan izlarni, notekisliklarni va turli dog‘larni ketkazadi. Uni jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan insonlarga ham tavsiya etish mumkin.
Muolaja qanday amalga oshiriladi? Yuz tozalangach maxsus krem surtib, yuz plyonka bilan qoplanadi. So‘ng lazer nurlari bilan yuzga ishlov beriladi. Sayqallashdan keyin 7 kun davomida uydan chiqmaslik tavsiya etiladi. Chunki lazer nuri ta’sirida teri kuyib, qizaradi, yaralar hosil bo‘ladi va amaliyotdan so‘ng muntazam ravishda maxsus kremlardan foydalnish lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng teri plyonkaga o‘xshab shilina boshlaydi va ostidan yangi teri chiqadi.
Manba: Ayol.uz
|