Bola kasal bo'lganida onaning ko'ngliga hech narsa sig'may qoladi. Bolani davolash uchun palon pullik dorilarga pulini ham, shifokorlar qabuliga tushish uchun vaqtini ham ayamaydi.
Bolani ona ham davolashi mumkin. Buning uchun faqat mehrga to'la qalb talab etiladi, xolos.
Ona mehri vitamini.
Ushbu oddiy so'zlar bilan ona bola organizmini foydali vitamin bilan to'ydira oladi: "Sen mening hayotimdagi eng kerakli insonsan. Sen men uchun qadrlisan. Men sensiz yashay olmayman. Dadang va Onang seni juda yaxshi ko'ramiz!"
Ona-terapiya.
Yengil kasalliklarda davo vositasi: "Sen juda kuchlisan va sog'lomsan. Sening yuraging, tanang va qorning kuchli va sog'lom. Sen yaxshi ovqatlanasan va sog'lom rivojlanasan. Sen juda kam kasal bo'lasan."
Psixologik ko'mak.
Bolani psixikasi sinmasligi uchun unga ozuqa berib turish lozim. "Sen yoqimli bolasan. Yaxshi uxlaysan. Asabiy emassan. Sabr-toqatli va aqlli bolasan. Tiling yaxshi rivojlangan. Miyang yaxshi ishlaydi. Senda hammasi yaxshi bo'ladi."
Kuchli zarba.
Bola qattiq kasal bo'lganida dori vositalaridan tashqari onaning mehr va e'tibori nihoyatda kerak. Ona o'zining shirin so'zu-mehri bilan kasallikka zarba berishi lozim. "Seni juda yaxshi ko'raman. Sen bizga keraksan. Kasalliklaring yo'q bo'lib ketsin. Kasalligingni olib tashlab yuboraman. Qiynalganlaringni olib unutib yuboraman. "
Bola ota-onasidan hadeb tanbeh eshitaversa, kasal bo'lishi oson bo'lib qoladi. Ota-onasi ishonmagan, urushgan bolani tuzalishi qiyinroq kechadi.
Ota-ona bolaga charchov, alam va ranjish ko'zlari bilan qarasa, bolaning hayotida omadsizliklar va kasalliklar ko'p yuz beradi. Bu tasdiqlangan psixologik faktor.
Har kuni bolaga kamida 3 marta ota-ona mehrga to'la so'zlarni aytishi lozim. Bola onasining gaplarini his etib qabul qilishi kerak. Kasal bo'lgan bolaga esa, bundan 10 barobar ko'proq mehr va e'tibor talab etiladi.
Bolaga har doim, "Men seni yaxshi ko'raman", deb yurishga odatlaning.
Manba: Uzbaby.uz
|