Zarur masalliqlar: 700 gr. go‘sht qiymasi, 1 bosh piyoz, bitta sabzi, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1-2 bog‘ ismaloq, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, 1 osh qoshiq smetana, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Go‘sht qiymasiga tuz, murch va ezilgan sarimosqpiyozni solib, yaxshilab aralashtiring-da, 15 daqiqa ustini yopib qo‘ying.
2. Piyozni maydalab to‘g‘rang. Sabzini qirg‘ichdan o‘tkazing, ismaloqni bir qaynatib olib, uni ham maydalang. Qizdirilgan o‘simlik yog‘ida tuz, murch sepib, hammasini qovuring. Sabzavotlar yumshagach, smetana qo‘shib, olovdan oling.
3. Sellofan ustiga qiymani solib, to‘rtbuchak shaklda qo‘lingiz bilan yoying. Endi qovurilgan masalliqni solib, yuzasini tekislang-da, rulet shaklida o‘rang. Zar qog‘oz (folga)ning o‘rtasiga o‘simlik yog‘idan surtib, qiymani ehtiyotkorlik bilan sellofanidan ajratib qo‘ying. Zar qog‘ozni o‘rab, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo‘ying. So‘ngra zar qog‘ozni ochib, yog‘idan rulet ustiga surting-da, yana 10 daqiqaga gaz pechida qoldiring. Shunda rulet yuzi qizaradi.
4 kishilik. 1 soatu 35 daqiqa
Manba: Ayol.uz
|