Kollej va liseylardagi fan olimpiadasining respublika bosqichida 1-, 2- va 3-o`rinlarni olgan o`quvchilarga qanday imtiyozlar bor?
Islom Abdukarimov, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani
X.ZIKRILLAEV, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining birinchi o`rinbosari:
— Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g`oliblari bo`lgan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o`quvchilarini taqdirlash tartibi to`g`risida”gi nizomga muvofiq, Umumta`lim fanlari bo`yicha respublika olimpiadalarida 1-3-o`rinlarni va xalqaro olimpiadalarda 1-5-o`rinlarni egallagan akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo`shimcha imtihonsiz davlat granti asosida qabul qilinishlari begilangan.
Shu bilan birga olimpiadalar g`oliblariga: xalkaro olimpiadalarda 1, 2, 3, 4, 5-o`rinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 10, 9, 8, 7, 6 baravari miqdorida, respublika olimpiadalarida 1, 2, 3-o`rinlarni egallaganlarga — talaba stipendiyasining tegishli ravishda 3, 2, 1 baravari miqdorida pul mukofotlari belgilanadi.
Manba: Darakchi.uz
|