Ko‘pchilik dazmollashni yoqtirmaydi, yoqtiradiganlar bo‘lsa ham kamchilikni tashkil qiladi. Chunki dazmol qilish – ko‘p vaqt talab qiladigan va qiyin mashg‘ulot hisoblanadi. Lekin bu mashg‘ulotni biroz oddiy va yoqimliroq qilish yo‘llari mavjud.
Dazmollash uchun qulay joy
Dazmollash taxtasidan tashqari toza kiyimlarni va dazmol qilingan buyumlarni alohida qo‘yish mumkin bo‘lgan joy ajratish lozim.
Yaxshi yorug‘lik
Yetarlicha yoritish – dazmollash uchun eng muhim sharoit hisoblanadi.
Maishiy hiylalar
Dazmollash jarayonini yengillashtiruvchi kichik hiylalar ishlating. Masalan, kir yuvishda yumshatuvchi vositalardan foydalaning. Oson bo‘lishi uchun buyumlarni sal namligida dazmollang. Kirlarni to‘plab o‘tirmasdan oz-ozdan yuvsangiz dazmol qilishda charchab qolmaysiz.
Qulay texnika
Agar siz foydalanayotgan dazmol juda eskirgan va ishingizni qiyinlashtirayotgan bo‘lsa, albatta yangisini sotib oling. Hozirgi paytda maishiy texnika do‘konlarida dazmollarning bu jarayonni osonlashtiruvchi ko‘plab zamonaviy modellari mavjud.
Hissiyotli qo‘shimcha
Ko‘pchilik bekalar dazmollashga ko‘p vaqtni oluvchi zerikarli mashg‘ulot sifatida qaraydi. Bu jarayonga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring va dazmollash paytida kayfiyatni ko‘taruvchi omillar yarating. Masalan, o‘zingiz yoqtirgan musiqa yoki qo‘shiqni tinglashingiz mumkin.
|