Maydoni 40,3 ming km.kv. Aholisi 1 mln ming kishidan ortiq (2013-yil 1-yanvar holati).
Viloyat maydoni mamlakat maydonining 8,8, aholisining 5,8 foizini tashkil etadi. Viloyatning ayrim joylarida sizot suvlari yer yuzasiga yaqin, yog’in kam, cho’lda qum ko’chishi kabi salbiy hodisalar yer fondidan foydalanishda ortiqcha mehnat, mablag’ talab etadi. Aniqlangan tabiiy gaz zaxiralari bir necha trillion kubometrni tashkil etadi. Bundan tashqari neft, binokorlik materiallari, tuz va boshqa foydali qazilma konlari topilgan.
Tarixiy obidalar. Mustaqillik yillarida Buxoroning betakror me`moray obidalari yana asl jozibasiga ega bo`ldi. Agar O`zbekiston bo`yicha 4 mingdan ortiq tarixiy obidalar BMTning ilm-fan va madaniyat ishlari bo`yicha tashkiloti UNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan bo`lsa, shundan qariyb yarmi Buxoro viloyatidadir.
Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari: donchilik, paxtachilik, sabzavotchilik, qo`ychilik.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: yoqilg`i (neftli va gazli), kimyo, qurilish materiallari, yengil (paxta tozalash), oziq-ovqat.
Xo`jaligi. Ekin maydonlarining tarkibida paxta va g`alla asosiy o`rinni egallaydi. Viloyatda oziqbop ekinlar ham ko`p ekiladi. Bu yerda bahorning erta kelishi va iliq bo`lishi tufayli o`rik, shaftoli, tog`olcha keng tarqalgan. So`nggi 20 yil ichida iqtisodiyot, jumladan, sanoat tarmoqlarining rivojlanishida tub o`zgarishlar amalgam oshirildi. Agar viloyatda 90-yillarning boshida atigi bir necha respublika ahamiyatiga ega sanoat korxonalari faoliyat yuritgan bo`lsa, hozirda ularning soni 100 dan oshdi. O`tgan yillar davomida, umuman, sanoat tarmog`ida 27 ta yangi turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yildi.
Mustaqillik yillarida olib borilgan izlanishlar natijasida Qandim, Oqqum va Porsonko`l hududlaridagi neft va tabiiy gazning katta zahiralari ochildi. Ana shu konlardagi energetika xomashyosi qayta ishlash uchun 1997-yilda Qorovulbozor shahrida yirik neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo`lgan ushbu korxona Buxoro-Xiva neft-gazli hudud xomashyosini qayta ishlash bilan birga viloyat aholisini ish bilan ta`minlash borasida asosiy manbalardan biri vazifasini ham o`tamoqda.
Viloyatning transport sharoiti birmuncha yaxshilandi. 2005-yilda “Sharq” tezyurar poyezdining ishga tushirilishi viloyatni poytaxtimiz bilan bog`lash vaqtini 7 soatgacha, ya`ni 2 martaga qisqartirdi.
Amalga oshirilgan shu kabi ulkan ishlarning natijasi o`laroq Buxoro O`zbekistonning muhim ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik markazlaridan biriga aylanib bormoqda. Bu esa hududni kompleks rivojlantirish orqali turli tarmoqlarning, ayniqsa, xizmat ko`rsatish sohalarini kuchaytirib, aholini ish bilan ta`minlash uchun imkoniyat yaratmoqda.
Buxoro shahri qadimiyligi va o`tmshda poytaxt bo`lganlgi bilan Smarqandga o`xshaydi. Shahar qadim zamonlardan beri zardo`zlik, shoyi to`qish, zargarlik, miskarlik, ganchkorlik va yog`ochga naqsh solish hunarlari bilan dunyoga mashhur.
Shaharda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatadi: «BuxTel» (Isroil) mayonez, «Omega-Sitora» (Gretsiya) mo’yna buyumlari, «Gufik-Avisenna» (Hindiston) dori-darmon, «Marmar» (AQSH) qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shaharda 1996-yildan boshlab Koreya Respublikasida ishlab chiqarilgan telefon stansiyasi ishga tushirildi.
Shaharda Buxoro Davlat universiteti, muhandislik-texnologiya texnologiyasi instituti, tibbiyot instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Buxoro filiali faoliyat ko`rsatmoqda.
Qadimiy me`morchilik an`analarini zamonaviy andozalar uyg`unligida yanada rivojlantirish maqsadida 2010-yilda 107 gektar maydonni egallagan. “Buxoro madaniy markazi” majmui tashkil etildi. Ushbu majmua bir qator yirik inshootlar – 700 o`rinli viloyat musiqali drama teatri, 2000 tomoshabinga mo`ljallangan amfiteatr, “Ko`hna va boqiy Buxoro” monumentini o`z ichiga oladi. Majmua markazigagi 18 metrli monument ushbu zaminning ilmiy-madaniy va tarixiy-falsafiy merosini o`zida aks ettiradi.
Kogon temiryo’l stansiyasi sifatida qad ko’targan shaharcha. Temiryo’l Dushanbega yetib borishi hamda Kogon-Buxoro temiryo’li qurilgach, Kogon transport tuguniga aylandi. Endilikda shaharda 15 ga yaqin sanoat korxonasi ishlab turibdi.
Gaz koni negizida Gazli shahri barpo etildi. Gazliga Navoiydan elektr quvvati va Amudaryodan quvur orqali suv olib kelingan. Gazli joylashgan hududning iqlimi keskin kontinental, vaqti-vaqti bilan kuchli shamol bo’lib, chang ko’tariladi, ayrim vaqtlarda qum ko’chadi.
|