Zarur masalliqlar: 600 gr. mol go‘shti qiymasi, 1 kg. kartoshka, 3 tadan sabzi va pomidor yoki 2 osh qoshiq tomat pastasi, 2 donadan piyoz va bulg‘or qalampiri, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1 bog‘ shivit, 1 stakan suv, 1 cho‘mich o‘simlik yog‘i, tuz; qayla uchun: 1 stakan smetana, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq un, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Kartoshka va sabzini to‘rtburchak, bulg‘or qalampirini somoncha, piyozni esa halqa shaklida to‘g‘rang. Qizdirligan o‘simlik yog‘iga avval piyoz, so‘ngra qolgan masalliqlarni solib qovuring.
2. Pomidor va ezilgan sarimsoqpiyozni ham taomga qo‘shing. Yengil aralashtirib, qiymani solasiz. 10 daqiqa o‘rtacha olovda qovurib, suv quying va olovni pasaytiring. Taomning asosiy qismi tayyor bo‘lgach, quruq tovaga suzib oling.
3. Qayla tayyorlash uchun smetanaga tuxum va un qo‘shib, aralashtiring. Tuz namagini sozlang. Qaylani tovadagi masalliq ustidan quyib, yuzasini tekislang. So‘ng 25 daqiqaga qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying.
4. Taom tayyor bo‘lgach, likopchalarga suzing-da, to‘g‘ralgan ko‘katlar bilan bezating. Smetana yoki achchiq sous bilan dasturxonga tortsangiz, yanada xushxo‘r bo‘ladi.
Tayyorlanish vaqti: 50 daqiqa
6 kishilik
Manba: Ayol.uz
|