Yash hayratda... U Artiga bolani oldirishni aytadi.
Arti: - yo'q. Uni tug'ishni hohlayman. Buning uchun operatsiya qilish kerak ekan. Kafolat berishmasa ham foydasi bo'lishi mumkin ekan. Bunga sizni roziligingiz kerak. - deydi.
Vithi va Pankaj: - Senga biror nima bo'lsa nima bo'ladi. Yaxshisi bolani oldir. - deydi.
Maya: - Nima jinnimisan? Gaytri bu bolani qancha kutdi. Bu gapni ko'tara oladimi? Unga biror nima bo'lsachi? Shuni o'yladinglarmi? Gap Singhlar oilasini nabirasi haqida ketyapti. Sizga qaysi biri muhim? Singhlar nabirasimi yoki kelinining hayotimi? deydi.
Suraj: - Bu juda og'ir tanlov. Qarorni Yash va Artini o'zi qabul qilishsin. Men har qanday qaroringizni qo'llashga va'da beraman. - deydi.
Kasalxonada Prashantni rak kasaliga chalinganini eshitgan Dubey va Shobha shokda qoladi. Shobha unga aytgan gaplaridan afsuslanadi. Endi ular Prashantni qo'llashga? uni tuzalib ketishi uchun harakat qilishga kelishib olishadi. Prashant Shobhadan kechirim so'raydi. Pari yana Tvda prodyuserni o'limi haqidagi xabarni eshitib qoladi. Unda prodyuserni ayol kishi o'ldirgani va yonidan taqinchoq chiqqanini aytishadi.
Pari: - Xudoga shukur! Bu meni taqinchog'im emas. - deydi. Shu payt Vithi kelib: - O'sha kuni mendan taqinchog'imni olganding. Shuni qaytar - deydi.
Pari: - Hop. Hozir topib beraman - deydi.
So'ng: - Ey xudo! Vithini taqinchog'i politsiya qo'lida. Endi nima qilaman - deydi.
Xonada Arti va Yash yana o'sha mavzuda tortishib qolishadi.
Yash: - Ertaga doktor Kurana bilan gaplashamiz. Agar sog'ligingiz ko'tarmasa, abort qildiramiz. Agar oz bo'lsada umid bo'lsa, sizni qo'llab quvvatlayman. Nima bo'lganda ham biz doim birga bo'lamiz - deb quchoq ochadi. Arti kelib Yashni bag'riga bosh qo'yadi
Ertalab Ansh Artini oldiga kelib, ko'zini to'sadi.
Arti: - Bu mening kichik shahzodam - deydi.
Ansh: - Qayoqdan bildingiz? - deydi.
Arti: - Bu onalar fokusi - deydi.
Ansh: - Men ham fokus ko'rsataman. Tanlang? Bir qo'limda quvonch, birida g'am bor. - deydi.
Yash ularni kuzatib turadi. Arti ikkilanib tanlaydi.
Ansh: - Nima qilib qo'ydingiz? Oyi g'amni tanladingizku! - deydi
Arti yig'lab yuboray deydi.
Ansh: - Hazillashdim oyi. Ikkisida ham quvonch bor edi. Sizga g'am berishim mumkinmi? - deydi.
Doktir Yashga vaziyatni tushuntirib, Arti abort qildirishi kerakligini aytadi. Arti ham Yash ham bir bo'lib: - Boshqa yo'li bormi? - deydi.
Doktir: - Ha! - deydi...
DAVOMI BOR...
|