Arti noutbukni shaht bilan yopadi. Tunda uydan chiqishga otlanadi.
Shobha: - Qayerga ketyapsan?
Arti: - Yashni oldiga. Men hamma narsani esladim. Endi Yash nega o'zini mendan olib qochayotganini bildim.
Shobha: - Yo'q. Xozir aytma. Yash bunga tayyor emas. Unga biroz vaqt ber.
Arti: - Yana qancha vaqt beraman unga. Men homiladorman. Endi kutmayman, jim turmayman ham endi. Yash meni tashlab ketolmaydi. Men uni farzandiga homiladorman. Meni hayotidan chiqara olmaydi. To'g'ri. u hali ham Arpitani sevadi. Tuyg'ularini hurmat qilaman, lekin bu meni hech qachon havotirga solmagan.
Shobha: - Yashga biroz vaqt ber. Biroz o'ziga kelgach, bola haqida aytasan.
Suraj Vithiga qo'ng'iroq qili,b uydagi ahvolni so'raydi. Vithi hammasi joyida ekanligini, hatto Parithi ham o'zini yaxshi tutayotganini aytadi. Pari kelib:
- Rahmat kelinoyi syomka haqida aytmaganingizga.
Vithi: - Oyim kasal. Ularni havotirga qo'yishni istamayman.
Pari: - Menga tushlik tayyorlab bering.
Vithi: - O'zing tayyorla. Meni uy ishlaridan oshiqcha vaqtim yo'q
Pari: - Ha mayli. Biror joydan sotib olarman
Vithi: - Uzur, Pari oilamiz tinchligi uchun o'zimni shunday tutishga majburman. Hatto senga qo'pol gapirishimga to'g'ri kelsa ham.
Arti uyga keladi.
Vithiga: - Kelinoyi men nima bo'lganini esladim. Lekin oldin Yash bilan gaplashishim kerak
Vithi: - Yash uyda yo'q.
Pratik: - Uni qayerdaligini men bilaman. Boks klubida.Yash avval birortamizni hafa qilib qo'ysa, o'sha yerga borib, urushib, o'zini jazolardi. Otam bo'lganda uni to'xtatardi. Lekin u ham ketgan.
Pratik va Arti klubga borishadi. Yash mushtlashmoqda.
Arti: - Pratik uni to'xtating.
Pratk: - Men to'xtata olmayman. Faqat siz uni to'xtata olasiz.
Yash kuchli zarba yeb, Artini oldiga yiqiladi.
Arti: - ko'zingizni oching!
Yash Artiga qaraydi va jahl bilan turib ketadi.
DAVOMI BOR...
|