Assalomu Alaykum, Saytimiz foydalanuvchilari!
Ushbu serialning voqealar rivojiga talab ko'pligi tufayli, saytimizda uning yangi qismlarini yozib borishga qaror qildik.
Maqola Odnoklassniki saytidan ko'chirilgan, lekin imlo-xatolari to'g'rilangan va tushunarli holatga keltirilish uchun qayta taxrirlandi. Voqealar rivojini yozib borayotgan Sabinaxonni oyijonisi profilidagi qizga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!
Yash ketgach, Vithi keladi.
Artiga: - bilaman er-xotin o'rtasida aytilmaydigan gaplar ham bo'ladi, lekin menga aytishing mumkin. Men faqat yangang emas, opangman ham deydi.
Arti: - bilmayman nima gapligini o'sha kuni bayramdan qaytganimizdan keyin kayfiyati a'lo edi - deydi.
Arti xonaga kirganda Yash oynaga qarab raqsga tushayotgan bo'ladi. Arti kulib yuboradi.
- Siz juda chiroyli raqsga tusharkansiz, menga ham o'rgating - deydi.
Yash Arti bilan raqsga tushayotganda, Arti Arpitani rasmini tushirib yuboradi. Rasm ramkasi sinadi.
Arti: - meni kechiring - deb yig'layotganda qo'li kesiladi. Yash ro'molchasini beradi.
- Hozir dorilarni olib kelaman - deydi...
Vithi: - Arpitani sur'atini sindirsang ham Yash indamadimi?
Arti: - Ha lekin men Arpitani rasmini boshqa ramkaga solib qo'ydim. Yashdan yana uzr so'radim. Yash esa hechqisi yo'q degandi. Lekin keyin Yashni ranjitadigan nima qildim, bilmayman.
Uyda bayram bo'ladi. Arti bir chetda yuradi. Gartri mabuda haykalini ko'tarib olgan. Arti ham duo qilishiga ruhsat beradi.
Yash yugurish yo'lakchasida tez yuguryotganini ko'rgan Anish, Artiga bu holatni aytadi.
Arti kelib: - Yash aybim bo'lsa, meni jazolang. Nega o'zingizni jazolaysiz? - deydi.
Yash yana ham yo'lakchani tezlatib yuboradi. So'ng yerga yiqilib, qo'li lat yeydi. Arti unga yordam beraman desa,Yash unga yaqinlashmasligini uqtiradi. Arti yana aybi nimaligini so'raydi. Yash unga guldonni uloqtiradi. Shovqinni eshitgan hamma ularning yoniga yetib keladi. Gaytri Artiga Yashni ko'ziga boshqa ko'rinmaslikni aytadi.
Yashni yaxshi gaplar bilan ovqatlanishga ko'ndiradi va pastga birga olib tushadi.
Yash ovqat yeyayotganda Arti keladi. Yashga bildirmasdan chetda yashirinib turadi. Yash uni aksini oynada ko'rib qoladi. Artiga jaxl qilib, ovqatni yeb tiqilib qoladi. So'ng yo'tala boshlaydi. Arti yugurib kelib, suv beradi. Yash esa stakanni urib yuboradi. Stoldagi idishlarni uloqtirib, so'ng ketib qoladi. Buni ko'rgan Gaytri Artini qo'lidan sudrab, tashqariga uloqtiradi. So'ng: - Uyimdan daf bo'l - deydi.
Vithi: - Oyi, unday qilmang!
Gaytri: - Sen aralashma!
Yash ularni eshitib o'tiradi. Gaytrini oldiga bolalar chiqadi.
Palak va Payal: - Oyimni haydamang. Biz usiz qanday yashaymiz - deyishadi.
Shu payt Suraj keladi. Bolalar undan Artini haydamaslikni so'rashadi.
Suraj: - Xotirjam bo'linglar! Oyingiz hech qayerga ketmaydi. - deydi.
DAVOMI BOR...
|