Zarur masalliqlar (8-10 kishilik): 200 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, 2 ta qaynatilgan sabzi, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 paket somoncha shaklida qovurilgan tayyor kartoshka, 1 bog‘ ko‘k piyoz, mayonez, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shtini somoncha shaklida, 2 dona tuxumni esa to‘rtga bo‘lib, parrak shaklida to‘g‘rang. Sabzini ham uzunasiga to‘rtga bo‘lib, parrak shaklida yupqa qilib to‘g‘rang.
2. Alohida idishda to‘g‘ralgan masalliqlarni qovurilgan kartoshka va mayonez bilan yengil aralashtirib, tuzini sozlang.
3. Chuqurroq likopchaga salatni solib, atrofini mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz bilan bezating. Ustki qismiga qirg‘ichdan chiqarilgan bir dona tuxumni sepib, sabzidan gullar yasang. Gul bargi ko‘k piyozdan yasaladi. Ta’mi yaxshilanishi uchun 20 daqiqa muzlatgichda qo‘ying.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.
Manba: Ayol.uz
|