Hurmatli satyimiz a'zolari! Barcha hayajon bilan kutayotgan imtihonlarga atigi 20 soat qoldi! Bugun abiturientlarga bir paytlar abiturient bo'lganligim uchun ozginagina maslahat va tajribalarimni o'rtoqlashmoqchiman! Demak, boshladim...
1. Hayajon. Imtihon bu oddiy jarayon. Shu paytgacha juda ko'p imtihonlardan o'tkansiz. Bunisi ham shunday. 3 soatda o'tadi ketadi.
2. Nazoratchi. U ham sizga o'xshagan odam. Uni ham farzandi qayerdadir imtihon topshirmoqda. Yuragiga yo'l topa olsangiz kifoya. Qo'lidan kelganini ayamaydi.
3. Shpargalka. Olib kirolsez bir baxt, ishlatolsez yana bir baxt, javoblar chiqsa yana bir baxt. Ammo shu uchchalasidan biri bo'lmay qolsa tamomsiz!
4. Imtihonga kirishdan oldingi kun ya'ni bugun kitoblarni bir chetga suring! Necha yildan beri kallangizga kirmagan kitob bir kunda ham kirmaydi. Dam oling. Faqat ichish, diskotekaga borish emas. Oddiy hordiq chiqaring!
5. Ertalab erta turing va oila a'zolaringizning duosini oling! Yaratgandan omadingizni so'rang!
6. Imtihonga odatdagidan erta borib odamlarni kuzating! Kimdir dovdirab yuripti, yana kimdir shpargalka yashiryapti, kimdir asabiy! Siz esa ularni ko'rib hayolingizda men aqlliroqman degan fikr uyg'onadi. Agar o'zingiz dovdirab yurmagan bo'lsangiz!
7. Bosiqlik bilan harakat qiling! Kirganda iloji boricha oldi qatorda o'tirishga harakat qiling. Bu sizni qo'shimcha chalg'ishlardan saqlaydi.
8. Javoblarni belgilashda shoshmang. Baribir kutishadi!
9. Ishbilarmonlik imtihonda eng qo'l keladigan narsa. Atrofingizdagilarning bilimidan ham foydalanishga urinib ko'ring. Kelisha olsangiz omad sizniki!
10. Kimdir yordam so'rasa, bu raqibim deb noto'g'ri aytmang! Shunchaki, ikkita bir biriga yaqin javobni ayting. Topolmay o'tiraversin ikkilanib
Manba: Antiqa.biz
|