PSIXOLOGLARNING 10 TA NOTO'G'RI MASLAXATI

Murakkab vaziyatga tushib qolgan kishi, muammosini hal qilish uchun har qanday imkoniyatga ham, xuddi cho'kayotgan odam xasga osilgandek tirmashadi. Ruhshunos qabuliga borish hamda undan maslahat olishni esa muammoning echimi sifatida qabul qiladi. Ammo bazi hollarda mutaxassislarning maslahati yordam berish o'rniga kichik masalani katta muammoga aylantirib qoyishi ham mumkin…

1. Qiyinchiliklarni mustaqil yengish lozim!

Aslida esa...

Tadqiqotlarning natijasiga ko'ra, individual tarzda faoliyat yuritadigan insonlar jamoa bilan ishlaydiganlarga qaraganda tushkunlikka beriluvchan bo'lishar ekan. Ish yoki shaxsiy hayotdagi muammolarni yolg'izlikda hal etuvchilarning deyarli barchasi salomatligidan shikoyat qiladi. Shunday ekan, «Kuchli bo'ling, hammasini o'zingiz uddalang» degan maslahatga ko'pam quloq tutavermang. Har qanday insonga dardlashguvchi, qo'llovchi kerak!

2. Orzuga tezroq etishmoq uchun uni amalga oshganini tasavvur qilib turish kerak!

Aslida esa...

Ruhshunoslar tomonidan bir guruh talabalarga imtihon oldidan yuqori baho olganlarini tasvirlovchi surat chizishni buyurishdi. Ikkinchi guruh talabalarga esa ikki kun davomida darslarni qaytarish topshirildi. Aynan ana shu ikkinchi guruhdagi talabalar imtihonni a'lo bahoga topshirib chiqishdi. Bu tajribadan shunday xulosa chiqarish mumkin: maqsadga erishilganini tasavvur qilish kishida unga bo'lgan intilishni susaytirib qo'yishi ham hech gapmas.

3. Jaxlingiz chiqdimi? Yostiqni uring, baqiring yoki yer teping!

Aslida esa...

Bu qarashning xato ekanligini isbotlash uchun ham tajriba o'tkazilgan. Unda dars qilib o'tirgan talabalarni o'qituvchi yarim soat davomida tinmay haqoratlagan. So'ng guruhning yarmiga nok mevasi tarqatilib, uni ezg'ilash taklif etilgan, qolganlari esa tinch holatda o'tirishgan. Tajriba so'nggida nokni ezg'ilash talabalarning jaxlini tushirishga emas, aksincha yanada avj olishiga xizmat qilgani malum bo'ldi. Tinch o'tirgan talabalar esa o'z muddatda haqoratlarni unutishga muvaffaq bo'lishgan. Maslahatimiz shuki, jaxl otiga minganingizda chuqur-chuqur nafas olib, tinchlanishga harakat qiling.

4. Hozir bilan yashang, kelajakka sayohat qilavermang!

Aslida esa...

Vaqti-vaqti bilan o'tkazilib turiladigan fuqaro muhofazasi o'quv-mashg'ulotlarini bir eslang. Ularga asoslanib biz qiyin hamda kutilmagan vaziyat (yong'in, zilzila, portlash kabi)larda o'zimizni qanday tutishni o'rganib, rejalashtirib olamiz. Ro'y berishi kutilayotgan voqea-hodisalarni ko'z oldiga keltirish ham ana shunday foyda beradi. Masalan, sizni oldinda oilaviy ajrim yoki ishdan bo'shash masalasi kutayotgan bo'lsa, siz har qanday holatga tayyor turishingiz uchun bir marta bo'lsa-da, xayolan o'sha vaziyatga tushishingiz tavsiya etiladi.

5. Hayotga doim umid bilan qarang! Optimizm hamrohingiz bo'lsin…

Aslida esa...

Har qanday vaziyat va masalaga optimistik ruhda yondashish tufayli inson ehtiyot choralarini ko'rish haqida unutib qo'y