Somnambulizm (lot. somnus uyqu va ambulo — yurmoq), lunatizm — uyquda yurish.
Bunda bemor uyquda odatdagi harakatlarni g’ayriixtiyoriy bajaradi (mas, yuradi, kiyinadi, buyumlarini olib taxlaydi) va yana o’rniga yotib uyqusini davom ettiradi.Kuchli tovush yoki biror ta’sirlovchi yordamida uyg’otilsa, u darrov o’ziga keladi va qilgan hatti-harakatlarini mutlaqo eslay olmaydi. Bunga o’xshash holat epilepsiyasa ham kuzatiladi, shu bois uni Somnambulizmdan farqlash lozim. Somnambulizm juda charchab qolganda, astenik nevrozlarda, mstermyada,og’ir kasalliklardan tuzalayotganda paydo bo’lishi mumkin. Somnambulizm uyqu paytida markaziy nerv sistemasining tormozlanishi miyaning harakat funksiyasini belgilaydigan sohasiga tarqalmaganda ro’y beradi. Noto’liq, yuzaki tormozlanishga uxlab yotgan odamning tushida gapirishi, o’rnidan turib o’tirishi misol bo’la oladi. Biroq ancha ro’yrost buzilishlar Somnambulizm deb ataladi.
Bunda uxlab yotgan odam o’rnidan turib, maqsadsiz yuradi yoki ko’rgan tushiga qarab harakat kiladi, ertalab uyqudan turgach, buni zo’rga eslaydi yoki butunlay eslay olmaydi. Somnambulizmga uchragan isterik tabiatdagi odam bo’lgan yuqyeani lof urib gapiradi.
Somnambulizm xurujlari paytida uyqudagi odam yiqilib tushishi, jarohatlanishi mumkin, shundagina u uyg’onib ketadi. Baxtsiz hodisa ro’y bermasligi uchun Somnambulizmga uchragan kishi yotgan uyning derazalari va eshiklarini yopib, elektr asboblarini o’chirib qo’yish lozim. Somnambulizm bilan kasallangan odamni xuddi uxlab yotgan odamni uyg’otgandek ohista, past ovoz bilan uyg’otish lozim. Somnambulizmga mubtalo bo’lgan odam o’zini tekshirtirishi va davolanishi kerak.
Manba: Megadunyo.uz
|