Xitoyning Chjetszyan viloyati Tszinxua hududidagi ko‘p qavatli uylarining yo‘lagidan bolaning yig‘i ovozi eshitilayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgach, o‘sha zahotiyoq yetib borgan qutqaruvchilar guruhi duch kelgan holatlaridan o‘zlariga kelishlari ancha qiyin bo‘ldi. Chunki uy yo‘lagining kanalizatsiya quvuri ichida chaqaloq bor edi.
Uni topishlari bilan darrov go‘dakni quvur ichidan qutqarib olish choralari ko‘rildi. Har bir daqiqani g‘animat bilib norasidani juda qisqa fursatda chiqarib olishga erishdilar.
Bu vaqtda esa chaqaloqning “ona“si (agar ona deyish joiz bo‘lsa) zinapoyada xotirjam jarayonni kuzatib turgan.
Politsiya «ona» ni so‘roq qilganlarida homiladorligini yashirgani va kutilmaganda ro‘y bergan tug‘ruq tufayli bolani unitazga yuvib yuborganini aytgan.
Uning homiladorligini hech kim sezmagan ham, u keng kiyimlar vositasida buni juda ustalik bilan yashirgan.
Surishtiruv natijasida qutqaruvchilarga ilk qo‘ng‘iroqni aynan u qilgani aniqlangan.
Hayotning ilk lahzalaridanoq qiyin sinovlarga duch kelgan go‘dak ko‘p tan jarohati olgan, ayniqsa, bosh qismidagi jarohati jiddiy. Uning shuncha voqeadan keyin tirik qolgani bu katta mo‘‘jiza!
Chaqaloq hozirda tuman kasalxonasida shifokorlar kuzatuvi ostida.
Bu videoda uni qanday qutqarib olishganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring!
|